ENRU

Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochiladi

Dunyo
53
Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochiladi
Xitoyda dunyodagi eng baland osma ko‘prik qurilishi yakunlanib, uning rasmiy ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ko‘prik janubi-g‘arbiy Xitoydagi Guychjou vodiysida, Lyuchji va Anlong shaharlarini bog‘lovchi yo‘l ustida barpo etilgan. Ko‘prik Xuatszyan Grand Kanoni ustidan o‘tib, dengiz sathidan 625 metr balandlikda joylashgani sababli dunyoda eng baland osma ko‘prik maqomiga ega bo‘ldi.

Ko‘prikning umumiy uzunligi 2,9 kilometrni tashkil etadi, asosiy ustunlar orasidagi masofa esa 1,4 kilometrga teng. Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari po‘latdan ishlangan bo‘lib, uning og‘irligi taxminan 22 ming tonnani tashkil etadi.

Bu esa ikki ta Eyfel minorasining og‘irligiga tengdir. Qurilish ishlari 2022-yil boshida boshlangan va ko‘prik nafaqat transport uchun muhim yo‘l, balki sayyohlar uchun ham noyob manzara taklif etadi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, yangi ko‘prik foydalanishga topshirilgach, haydovchilar uchun katta qulaylik yaratadi. Avval ikki soat davom etgan yo‘l endi atigi ikki daqiqaga qisqaradi.

Ko‘prikning rasmiy ochilishi 28-sentyabr kuni rejalashtirilgan. Bu loyiha mintaqadagi transport tizimini sezilarli darajada yaxshilaydi va iqtisodiy hamda turizm sohasida yangi imkoniyatlar yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Yaqin Sharq mintaqasida geosiyosiy keskinlik yana bir bor xavfli nuqtaga yaqinlashmoqda. Nufuzli Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni
DunyoBugun, 10:09
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g'arbiy hududida joylashgan Peshovar shahrida mudhish voqea sodir bo'ldi. Shahardagi ta'lim muassasalaridan birining bino tomi kutilmaganda qulab
DunyoBugun, 03:39
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashash va ishlash huquqini beruvchi Turli millatlar uchun viza lotereyasi, ya’ni Green Card dasturining navbatdagi bosqichi bo‘yicha aniqlik kiritildi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:32
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegara hududida eng zamonaviy reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirishga mo‘ljallangan yirik harbiy bazani barpo etdi.
DunyoBugun, 02:58
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomoni Rossiyaning yirik elektron tijorat tarmoqlari, xususan, Wildberries va Ozon platformalariga hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlariga hujum
DunyoBugun, 02:13
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Fort-Xud harbiy bazasida mudhish jinoyat sodir etgan sobiq mayor Nidal Hasanning o'lim jazosini jonli efirda namoyish etish haqidagi rejasidan voz
DunyoBugun, 01:32