Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+6°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Germaniyada kartoshka hosili rekord darajada oshmoqda

Dunyo
30
Germaniyada kartoshka hosili rekord darajada oshmoqda
Germaniyada qishloq xo‘jaligida so‘nggi 25 yil ichida kartoshka hosilida rekord natija kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi va Agrarheute nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda kartoshka hosili o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada oshishi bashorat qilinmoqda. Rasmiy hisobotlarga ko‘ra, nemis fermerlari bu yil kartoshka hosilini 5,3 foizga ko‘paytirib, jami 13,4 million tonnadan ortiq mahsulot yig‘ib olishni rejalashtirmoqda.

Hosildorlik odatdagidan 17 foiz yuqori bo‘lib, ekin maydonlari ham 6,7 foizga kengaygan. Umuman olganda, kartoshka ekilgan maydon 301 ming gektarga yetdi.

Bir gektardan o‘rtacha 44 tonna hosil olish kutilmoqda, bu so‘nggi yillarda kuzatilmagan ko‘rsatkichdir. Narxlar esa fermerlar uchun kutilgan darajada foydali bo‘lmadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 sentner kartoshka o‘rtacha 14,9 yevro daromad keltirmoqda, ammo bozorda narxlar 10 yevrodan 24 yevrogacha farq qilmoqda. So‘nggi marta kartoshka narxi shunchalik pastga tushishi 2021-yil kuzida qayd etilgan edi.

Hosilning ko‘pligi esa iste’molchilar uchun ijobiy natija berdi. Iyul oyida kartoshka narxi o‘tgan yilga nisbatan 18,9 foizga arzonlashdi, bu esa aholining kundalik xarajatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, fermerlar hosil ko‘pligi va narxlarning pasayishi sababli kartoshkaning bir qismini chorvachilik uchun yoki biogaz ishlab chiqarish korxonalariga yo‘naltirishga majbur bo‘lmoqda. Mutasaddilar narxlarning yaqin kelajakda ko‘tarilishi kutilmayotganini ma’lum qilishdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026