ENRU

NASA asteroidni yadroviy zarba bilan yo‘q qilishni taklif qildi

Dunyo
37
NASA asteroidni yadroviy zarba bilan yo‘q qilishni taklif qildi
Xalqaro arXiv ilmiy jamoasiga qo‘shilgan NASA mutaxassislari 2024 YR4 asteroidini yo‘q qilish uchun yadroviy zarba usullarini taklif qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda jamoaning rasmiy saytida ma’lumot berildi. Olimlar ikki asosiy variantni ko‘rib chiqmoqda: birinchisi — asteroidning orbitasini o‘zgartirish, ikkinchisi esa yadroviy qurol yordamida uni parchalash.

Mutaxassislarning fikricha, bir megatonnali yadroviy qurol bu vazifani bajarish uchun yetarli bo‘ladi. So‘nggi qaror 2028 yil oxirida, asteroid Yerga yaqinlashganda qabul qilinishi kutilmoqda.

2024 YR4 dekabr oyida aniqlangan bo‘lib, diametri taxminan 60 metrni tashkil etadi. Uning shakli xokkey shaybasiga o‘xshash va har 20 daqiqada o‘z o‘qi atrofida aylanadi.

Tahlillarga ko‘ra, asteroid Mars va Yupiter oralig‘idagi asosiy kamardan ajralib chiqqan bo‘lib, silikatlarga boy. Uning Yerga to‘qnashish ehtimoli 0,28 foiz, Oyga urilish ehtimoli esa 4 foiz deb baholangan.

Mutaxassislar ogohlantirishicha, agar asteroid Yerga to‘qnashsa, portlash Hirosimadagi yadroviy zarbadan 2000 marta kuchli bo‘ladi. Agar Oyga urilsa, sun’iy yo‘ldoshlar, teleskoplar va fazoviy stansiyalar zarar ko‘rishi, ulkan chang qatlamlari yuzaga kelishi mumkin.

Bu holat fazoviy texnologiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan holi emas.

O‘xshash yangiliklar

Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Yaqin Sharq mintaqasida geosiyosiy keskinlik yana bir bor xavfli nuqtaga yaqinlashmoqda. Nufuzli Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni
DunyoBugun, 10:09
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g'arbiy hududida joylashgan Peshovar shahrida mudhish voqea sodir bo'ldi. Shahardagi ta'lim muassasalaridan birining bino tomi kutilmaganda qulab
DunyoBugun, 03:39
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashash va ishlash huquqini beruvchi Turli millatlar uchun viza lotereyasi, ya’ni Green Card dasturining navbatdagi bosqichi bo‘yicha aniqlik kiritildi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:32
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegara hududida eng zamonaviy reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirishga mo‘ljallangan yirik harbiy bazani barpo etdi.
DunyoBugun, 02:58
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomoni Rossiyaning yirik elektron tijorat tarmoqlari, xususan, Wildberries va Ozon platformalariga hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlariga hujum
DunyoBugun, 02:13
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Fort-Xud harbiy bazasida mudhish jinoyat sodir etgan sobiq mayor Nidal Hasanning o'lim jazosini jonli efirda namoyish etish haqidagi rejasidan voz
DunyoBugun, 01:32