Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Pokistonda o‘smir oilasini otib o‘ldirdi, sud hukmi chiqdi

Dunyo
61
Pokistonda o‘smir oilasini otib o‘ldirdi, sud hukmi chiqdi
Pokistonda 17 yoshli o‘smir o‘z oilasini otib o‘ldirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Lahor shahrida yashagan Zayn Ali ismli o‘smir onasi, akasi va ikki singlisini quroldan otib, ularni halok qildi. Ushbu jinoyat yuzasidan sud uni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Hukm 2025 yil 24 sentyabrda Lahor sudida e’lon qilindi. Sudya Riyoz Ahmad Aliga har bir qotillik uchun 25 yildan jami 100 yil qamoq jazosi tayinladi, ammo Alining yoshini inobatga olib, o‘lim jazosi berilmadi.

Sudya ta’kidlashicha, o‘smirning bu jinoyatiga sabablardan biri uning onlayn o‘yin – PUBG ga haddan tashqari berilib ketishi va ruhiy holatining buzilishi bo‘lgan. U o‘yin ta’sirida voqeaga to‘g‘ri baho bera olmagan.

Fojia 2021 yilda sodir bo‘lgan, u paytda Ali 14 yoshda edi. U Lahorning Kaxna tumanida yashab, mahalliylar orasida o‘yinga berilib ketgan o‘smir sifatida tanilgan.

Yaqinlari uni tez-tez xonasiga yopilib, o‘yin bilan band bo‘lishi uchun tanqid qilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Ali topshiriqlarni bajara olmaganda asabiylashib, tajovuzkor holatga o‘tgan.

Jinoyat sodir bo‘lgan kechada ham u o‘yindagi missiyani uddalay olmagach, onasi unga qattiq gapirgach, xonadagi to‘pponchani olib, onasi va singillarining uxlayotgan xonasiga kirib o‘q uzgan. Natijada onasi, akasi Taymur va singillari Maxnur hamda Jannat voqea joyida halok bo‘lgan.

Ushbu voqea mamlakatda katta shov-shuvga sabab bo‘lib, internet o‘yinlarining yoshlar ruhiyatiga salbiy ta’siri haqida jiddiy munozaralar boshlandi. Sud qarorida Alining jinoyatida asosiy omil o‘yinga qaramligi ekanligi qayd etildi.

Huquq-tartibot organlari ota-onalarga farzandlarining virtual olamini diqqat bilan nazorat qilish zarurligini ta’kidladi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026