Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

To‘qayev iqlim sammitlarini firibgarlik deb atadi

Dunyo
38
To‘qayev iqlim sammitlarini firibgarlik deb atadi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 26 sentabr kuni Fan va texnologiyalar bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida so‘zlab, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarning har bir davlat uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U global iqlim sammitlaridagi vaziyatlarni keng ko‘lamli firibgarlikka o‘xshatdi. To‘qayev Dubay va Boku shaharlarida o‘tkazilgan yirik sammitlarda ishtirok etganini eslatib, o‘z taassurotlarini baham ko‘rdi.

Uning fikricha, bu yig‘inlarda uchraydigan jarayonlar ko‘proq ommaviy firibgarlikka o‘xshaydi. Bu fikrni bosh vazir O‘ljas Bektenov ham qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.

Shuningdek, AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ham yaqinda BMT minbaridan iqlim o‘zgarishini dunyodagi eng katta firibgarlik deb atagan edi. Qozog‘iston hukumati 35 yil ichida to‘liq dekarbonizatsiya dasturini amalga oshirish rejasini e’lon qildi.

To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatda yillik 118 milliard kilovatt soat energiya ishlab chiqarilmoqda, ammo bu ko‘rsatkich yetarli emas. Raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi bilan energiyaga talab oshib bormoqda.

Prezident energiya manbalaridan oqilona va samarali foydalanish muhimligini ham ta’kidladi. Xususan, u ko‘mir sanoatiga alohida to‘xtalib, Qozog‘iston yiliga 113 million tonnadan ortiq ko‘mir qazib olishini va dunyoda yetakchi o‘nta davlat qatorida ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 23 sentabr kuni AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ham iqlim inqirozini katta firibgarlik deb atagan, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning bashoratlari ko‘pchilik holatlarda noto‘g‘ri chiqqanini ta’kidlagan edi. U bunday siyosat ko‘plab mamlakatlarga iqtisodiy zarar yetkazganini aytib, «agar siz bu yashil firibgarlikdan voz kechmasangiz, mamlakatingiz yutqazadi» degan edi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026