Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Niderlandiyada ikki o‘smir Rossiya uchun josuslikda ayblandi

Dunyo
19
Niderlandiyada ikki o‘smir Rossiya uchun josuslikda ayblandi
Niderlandiyada Rossiya manfaatlari uchun josuslik qilgan ikki nafar 17 yoshli o‘smir hibsga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda 26-sentyabr kuni De Telegraaf nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smirlar 16-avgust kuni Haaga shahrida Yevropol, Yevropa adliya tizimi va Kanada elchixonasi yaqinida o‘tayotganda, ularda internet tarmoqlarini kuzatish, parollarni o‘g‘irlash va boshqa ma’lumotlarni olish uchun mo‘ljallangan maxsus uskuna — Wi-Fi-sniffer borligi aniqlangan.

Tergov jarayonida ularning Telegram messenjeri orqali anonim kurator bilan aloqa o‘rnatgani ma’lum bo‘ldi. Ayblovlar Niderlandiyaning Razvedka va xavfsizlik xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida ilgari surildi.

Bu holat mamlakat tarixida ilk bor voyaga yetmagan shaxslarning xorijiy davlat tomonidan yollanishi sifatida qayd etilmoqda. 25-sentyabr kuni gumonlanuvchilar sud oldiga olib chiqildi.

Sud qaroriga ko‘ra, ulardan biri 14 kun davomida qamoqda qoldirildi, ikkinchisiga uy qamog‘i va elektron bilaguzuk taqish majburiyati belgilandi. Nashrga ko‘ra, gumonlanuvchilardan biri hali maktab o‘quvchisi bo‘lib, xokkey bilan shug‘ullangan va geymingga qiziqqan.

Uning ota-onalari uchun bu voqea to‘liq kutilmagan bo‘lgan. Yigit bazmlarga qatnashmagan, faqat supermarketda ishlaganligi ma’lum bo‘ldi.

Qo‘lga olish jarayonida kamida sakkiz nafar huquq-tartibot xodimi uyga tintuv orderi bilan kirib, hibs amaliyotini amalga oshirdi. Ushbu voqea nafaqat ota-onalar, balki keng jamoatchilik orasida ham katta hayrat uyg‘otdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026