Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+12°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Falastin iqtisodiy barqarorligi uchun xalqaro koalitsiya tuzildi

Dunyo
21
Falastin iqtisodiy barqarorligi uchun xalqaro koalitsiya tuzildi
Fransiya va bir qator ittifoqchi davlatlar Falastin muxtoriyatining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash maqsadida favqulodda xalqaro koalitsiya tuzildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tashabbus milliy ma’muriyatga hududlarni samarali boshqarish, aholiga zarur xizmatlarni ko‘rsatish hamda xavfsizlikni ta’minlash imkonini berish uchun joriy etildi, deb ma’lum qildi Fransiya Tashqi ishlar vazirligi. Yangi koalitsiyaga Belgiya, Daniya, Fransiya, Islandiya, Irlandiya, Yaponiya, Norvegiya, Saudiya Arabistoni, Sloveniya, Ispaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar qo‘shildi.

Ularning fikricha, ushbu tashkilot Falastin milliy ma’muriyati duch kelayotgan misli ko‘rilmagan moliyaviy inqirozga javob bo‘lib xizmat qiladi. Koalitsiya vakillari qisqa muddatli yordam bilan cheklanib qolish mumkin emasligini, balki xalqaro moliya institutlari ishtirokida shaffof va hisobdor mexanizmlarga asoslangan tizimli hamkorlik zarurligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, davlatlar tashqi ishlar vazirlari Isroil hukumatidan Falastin milliy ma’muriyatining faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan, uni zaiflashtiradigan yoki mutlaqo qulashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni to‘xtatishni qat’iy talab qildi. Ularning fikricha, Falastinning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash nafaqat falastinliklar uchun, balki isroilliklar hamda butun mintaqadagi tinchlik va xavfsizlik uchun muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi vaqtda koalitsiyaga a’zo davlatlar Falastinga taqdim etiladigan moliyaviy yordam miqdori haqida ma’lumot bermadi. Ekspertlar esa ushbu tashabbusni Falastin ma’muriyatining moliyaviy tizimini mustahkamlash va mintaqada barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam deb baholamoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026