Bugun
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
+24°
ясно ветер 2 м/с, З
ENRU

AQSHda kitob o‘qish 20 yilda ikki barobar kamaydi

Dunyo
20
AQSHda kitob o‘qish 20 yilda ikki barobar kamaydi
So‘nggi yigirma yil davomida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish keskin kamaygani xalqaro olimlar orasida katta xavotir uyg‘otmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AQSH aholisi orasida muntazam ravishda kitob, jurnal yoki elektron nashrlarni o‘qiydiganlar soni deyarli ikki barobar kamayganligi aniqlangan. Ushbu xulosa "iScience" jurnalida chop etilgan so‘nggi tadqiqotda keltirilgan.

Tadqiqotchilar AQSH Aholini ro‘yxatga olish byurosi tomonidan 2003 yildan 2023 yilgacha o‘tkazilgan keng ko‘lamli vaqt taqsimoti so‘rovlarini tahlil qilgan. So‘rovlarda 15 yoshdan katta 236 mingdan ortiq respondent ishtirok etgan.

Natijalarga ko‘ra, 2000-yillar boshida so‘rov qatnashchilarining taxminan 27 foizi har kuni kitob yoki boshqa nashrlarni o‘qishga vaqt ajratgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich atigi 16 foizga tushgan. Florida universiteti olimi Jill Sonke bu holatni vaqtinchalik emas, balki yil sayin taxminan 3 foizga barqaror pasayish deb baholadi.

Shu bilan birga, o‘qishni davom ettirayotganlar unga avvalgidan ko‘proq vaqt ajratayotgani qayd etildi. Masalan, o‘rtacha o‘qish vaqti 20 yil oldin kuniga 1 soat 23 daqiqa bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda u 1 soat 37 daqiqaga yetmoqda.

Olimlar bu jarayonni “qutblanish” deb atamoqda: aholining bir qismi kitobga yanada ko‘proq berilmoqda, boshqalari esa umuman o‘qishni tark etgan. Mutaxassislar kitobxonlikning pasayishini raqamli o‘yinlar va boshqa ko‘ngilochar vositalarning ommalashishi, kutubxonalarga kirish imkoniyatining kamayishi, iqtisodiy qiyinchiliklar hamda ijtimoiy omillar tufayli bo‘sh vaqtning qisqarishi bilan izohlamoqda.

Olimlarning ta’kidlashicha, kitob o‘qish nafaqat ma’naviy va madaniy qadriyat, balki inson salomatligi uchun ham muhimdir. Kitob mutolaasi kognitiv qobiliyatlarni rivojlantiradi, stressni kamaytiradi va uzoq umr ko‘rishga yordam beradi.

London universitet kolleji professori Deyzi Fankur ham bu masalaga e’tibor qaratib, kitob o‘qishning kamayishi jamiyat uchun og‘ir signal ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday oddiy va barcha uchun qulay mashg‘ulotning yo‘qolishi jiddiy muammo hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi sharhlar bildirdi. U Washingtondagi harbiy bazada
DunyoBugun, 09:40
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina va Janubiy Koreya orasidagi diplomatik munosabatlar 8 oktyabrda jiddiy darajada siqindi, chunki Seul Kiyevdagi elchinini rasman chaqirib oldi. Bu qadam,
DunyoBugun, 04:32
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Ispaniyalik taniqli futbol mutaxassisi Luis Enrikening oilasi navbatdagi og‘ir ruhiy zarbaga duch keldi. Italiyaning nufuzli nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra,
DunyoBugun, 04:06
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi o‘zining Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshi yordamida sayyoramizdan taxminan 1,5 milliard kilometr uzoqlikda joylashgan Saturn sayyorasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:59
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp o‘rtasida yaqin vaqt ichida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Kreml rasmiy vakili
DunyoBugun, 03:21
Turkiyada 15 yoshga to'lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi
Turkiyada 15 yoshga to'lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi
Turkiya hukumati yosh avlodni internetning salbiy oqibatlaridan himoya qilish maqsadida joriy yilning 1-noyabridan boshlab 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini
DunyoBugun, 02:45