Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Qozog‘istonda yilning ilk qor yog‘di, yo‘llar muzladi

Dunyo
56
Qozog‘istonda yilning ilk qor yog‘di, yo‘llar muzladi
29 sentyabr kuni ertalab Qozog‘istonning Qo‘stanay tumanida yilning ilk qor yog‘ishi qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Qisqa vaqt ichida shahar ko‘chalari va uylar qalin oq qor bilan qoplanib, yo‘llar muzlab, harakat qilish qiyinlashdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari bu holat haqida xabar berdi.

Bir nechta hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi, shuningdek, ayrim svetoforlar ishlamay qoldi. Bu esa yo‘llarda tirbandlik va harakatning sekinlashishiga sabab bo‘ldi.

Politsiya haydovchilarga ogohlantirib, noqulay ob-havo sharoitida ehtiyotkorlikni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini ta’kidladi. Sinoptiklar 28 sentyabrdan boshlab respublika hududida havo haroratining keskin pasayishi haqida ogohlantirgan edi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning janubi-sharqiy hududlarida momaqaldiroq va kuchli shamollar bo‘lishi mumkin. Shimoliy hududlarda esa yomg‘ir yog‘ishi va haroratning sezilarli darajada tushishi kutilmoqda.

Faqatgina Qozog‘istonning janubiy va sharqiy hududlarida nisbatan quruq va barqaror ob-havo saqlanib qoladi. Shu bilan birga, butun respublika bo‘ylab kuchli shamol esishi, tungi va tonggi soatlarda esa tuman paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanligi qayd etilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ilk qor kuz faslidagi tabiiy o‘zgarishlarning boshlanishi hisoblanadi va bu holat havo haroratining yanada pasayishidan darak beradi. Shu sababli aholiga va haydovchilarga sovuq va noqulay ob-havoga tayyor turish tavsiya qilinadi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026