ENRU

Yaponiyada tish o‘sishini rag‘batlantiruvchi dori sinovlari boshlandi

Dunyo
49
Yaponiyada tish o‘sishini rag‘batlantiruvchi dori sinovlari boshlandi
Yaponiyada tish o‘sishini rag‘batlantiruvchi yangi dori vositasining klinik sinovlari boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kioto universiteti olimlari tomonidan yaratilgan ushbu dori tibbiyotda yangi sahifa ochishi kutilmoqda. Bu dori tishning tabiiy tarzda qayta o‘sishiga yordam beradi va ilgari hech qaysi mamlakatda amalga oshirilmagan tadqiqot hisoblanadi.

Sinovlar 2024-yilda boshlandi va unda 30 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar erkak ishtirok etmoqda. Olingan natijalar nafaqat stomatologiya, balki butun tibbiyot sohasidagi yondashuvlarni o‘zgartirishi mumkin.

Ushbu dori USAG-1 deb nomlangan maxsus antitanaga asoslangan bo‘lib, u sutemizuvchilarda tish o‘sishini cheklovchi omil hisoblanadi. Kioto universiteti mutaxassislari USAG-1 antitanasi bilan suyak morfogenetik oqsili o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni bloklash usulini topdilar.

Bu jarayon tish to‘qimalarining tiklanishiga, yangi tishlarning o‘sishiga imkon yaratadi. Dori monoklonal antitanalardan foydalanib ishlab chiqilgan bo‘lib, u ilgari asosan onkologiyada qo‘llangan.

Yangi dorining xavfsizligi hayvonlar ustida o‘tkazilgan sinovlarda tasdiqlandi. Shuning uchun insonlarda klinik sinovlarga ruxsat berildi.

Kitano shifoxonasining stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi mudiri professor Katsu Takahashi ushbu jarayon to‘liq regeneratsiyaga olib kelishini aniqlash muhimligini ta’kidladi. Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, 2026-yildan boshlab tug‘ma adentiyadan aziyat chekayotgan bolalarni davolash rejalashtirilmoqda.

Bu stomatologiyada katta yutuq bo‘ladi. Kelgusida, 2030-yilgacha, keng omma uchun hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan tish o‘sishiga yordam beruvchi dori ishlab chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

Agar ushbu maqsad amalga oshsa, tibbiyotda yangi davr boshlanishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Italiya hududida yadroviy tiyib turish bo‘yicha o‘zining har yilgi an’anaviy «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
DunyoBugun, 11:33