Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Ostin qotilligi 34 yil keyin fosh etildi

Dunyo
31
Ostin qotilligi 34 yil keyin fosh etildi
Ostin (Texas) politsiyasi 1991 yilda sodir bo‘lgan va keng jamoatchilik e’tiborini tortgan mashhur jinoyat yuzasidan gumonlanuvchini aniqlashga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Deadline nashri ma’lumot berdi. 34 yil davomida sir tutilgan “Yogurt do‘konidagi qotilliklar” ishi zamonaviy DNK tahlillari yordamida fosh qilindi.

Tergovchilar 26 sentabr kuni gumonlanuvchi sifatida Robert Yujin Brashers ismli shaxsni e’lon qildi. Brashers ilgari 1990-yillarda sodir etilgan bir nechta qotilliklarda va 1997 yilda 14 yoshli qizga nisbatan zo‘rlash jinoyatida gumon qilingan edi.

1999 yilda esa u boshqa jinoyat yuzasidan politsiya bilan to‘qnashuvda o‘z joniga qasd qilgan. Rasmiy bayonotda tergovchilar o‘sha yillar davomida jabrlanuvchilar oilalariga sodiq qolganliklarini ta’kidlashdi.

Jinoyat 1991 yil 6 dekabrda sodir bo‘lgan. 13 dan 17 yoshgacha bo‘lgan to‘rt qiz muzlatilgan yogurt do‘konida smenasini yakunlayotganda noma’lum shaxs tomonidan hujumga uchragan.

Ular bog‘langan, zo‘ravonlikka uchragan va shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Do‘kon esa ataylab yondirilgan.

Ushbu jinoyat 2025 yilda suratga olingan “Yogurt do‘konidagi qotilliklar” mini-seriali hamda yozuvchi Kori Mitchellning “O‘ldirilgan begunohlar” nomli kitobida tasvirlangan.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29