Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Xitoyda mafiya oilasining 11 a’zosi o‘limga hukm qilindi

Dunyo
47
Xitoyda mafiya oilasining 11 a’zosi o‘limga hukm qilindi
Xitoyda sud tarixda kamdan-kam uchraydigan qat’iy qaror qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Myanmaning Laukkay shahrida jinoiy tarmoqlarni boshqarib kelgan, Minglar familiyasiga mansub mashhur mafiya oilasining 11 nafar a’zosi o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda BBC o‘z manbalariga tayangan holda xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ming oilasi uzoq yillar davomida qimorxona, giyohvandlik va firibgarlik markazlarini nazorat qilib, milliardlab dollar aylanmasini boshqargan. Ularning faoliyati butun mintaqada xavfli qudrat shakllantirgan.

Ikki yil oldin isyonchi guruhlar shaharni egallab olgach, oila boshlig‘i o‘z joniga qasd qilgan. Shundan so‘ng, mafiya a’zolarining ko‘pchiligi Myanma hukumati tomonidan Xitoyga topshirilgan.

29 sentyabr kuni Venjou shahrida bo‘lib o‘tgan sud jarayonida jami 39 kishi turli jazo turlariga hukm qilindi. Ulardan 11 kishi o‘lim jazosiga, 5 kishi kechiktirilgan o‘limga, 11 kishi umrbod qamoqqa mahkum etildi.

Qolganlari esa 5 yildan 24 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Sud hujjatlariga ko‘ra, Ming oilasi 2015 yildan beri jinoyatlar bilan shug‘ullanib kelgan.

Ular boshqaradigan qimorxonalarda va firibgarlik markazlarida ishchilarga nisbatan shafqatsizlik qo‘llanilgan, ba’zilari qiynoqlar ostida halok bo‘lgan. Mutaxassislar bunday jinoiy tarmoqlarni xalqaro tashkilotlar, xususan BMT tomonidan “qalloblik industriyasi” deb atashini ta’kidlaydi.

Bu tarmoqlarda ko‘plab odamlar aldov yo‘li bilan tuzoqqa tushirilib, noqonuniy ishlarga majbur qilinadi. Xitoy sudi tomonidan chiqarilgan hukm nafaqat jinoyatchilarga nisbatan qat’iy chora sifatida, balki xalqaro hamjamiyatga ham signal bo‘lib xizmat qiladi.

Katta jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerakligi ta’kidlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59