Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+6°
небольшая облачность ветер 1 м/с, В
ENRU

Anjey Bargiyel Everestga kislorodsiz ko‘tarildi va tushdi

Dunyo
50
Anjey Bargiyel Everestga kislorodsiz ko‘tarildi va tushdi
Polshalik mashhur alpinist Anjey Bargiyel tarixda ilk bor Everest cho‘qqisiga hech qanday qo‘shimcha kislorodsiz ko‘tarilib, chang‘ida pastga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda The Guardian nashri ma’lumot berdi. Bargiyel cho‘qqiga chiqish juda qiyin bo‘lganini ta’kidladi va ilgari bunday balandlikda uzoq vaqt qolmaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha kislorodsiz Everestdan chang‘ida tushish orzusi yillar davomida pishib yetilgan edi. Alpinist 8000 metr balandlikdan yuqorida joylashgan “o‘lim zonasi”ni bosib o‘tish uchun taxminan 16 soat vaqt sarflagan.

Bu hududda havo siyrakligi sababli odamlar dengiz sathidagiga nisbatan atigi uchdan bir qismini kislorod oladi. Natijada miya zararlanishi, o‘pka shishishi yoki hatto o‘lim holatlari yuzaga kelishi mumkin.

Bargiyel avval 2019 va 2022 yillarda Everestni zabt etishga urinib, lekin muvaffaqiyatga erisha olmagan. Shuningdek, u 2018 yilda dunyodagi ikkinchi eng baland tog‘ – Pokistondagi K2 cho‘qqisidan chang‘ida tushgan birinchi odam sifatida tarixga kirgan.

Himolay ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, hozirgacha 6000 dan ortiq odam dunyoning eng baland cho‘qqisiga chiqqan. Shulardan atigi 200 ga yaqin kishi qo‘shimcha kislorodsiz yuksalishga muvaffaq bo‘lgan.

Ba’zilari chang‘ida uchishga harakat qilgan, ammo kislorodsiz to‘liq tushish ilgari hech kimga nasib etmagan edi. Anjey Bargiyel esa ushbu tarixiy marrani bosib o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026