ENRU

AQSHda hukumat ishini to‘xtatish xavfi oshmoqda

Dunyo
29
AQSHda hukumat ishini to‘xtatish xavfi oshmoqda
AQSHda federal hukumatning vaqtincha moliyalashtirilishi masalasi bo‘yicha siyosiy tortishuvlar yanada kuchaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Oq uyning Boshqaruv va byudjet boshqarmasi (OMB) federal idoralarga hukumat ishining to‘xtashi ehtimoliga tayyor turishni tavsiya qildi. Bu haqida 30 sentyabr kuni OMB direktori Rassel Vout ijtimoiy tarmoqda bayonot berdi.

Voutning so‘zlariga ko‘ra, hukumat agentliklari o‘zlarining tartibli shatdaun rejalari ustida ish boshlashi kerak. U federal idoralarni vaziyatni diqqat bilan kuzatishga va OMB tomonidan beriladigan yo‘l-yo‘riqlarga amal qilishga chaqirdi.

U shuningdek, demokratlar o‘z pozitsiyalarini qanchalik uzoq saqlab qolishini aniq aytish qiyinligini ta’kidladi. AQSH Senati hukumat ishini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan ikki qonun loyihasidan hech birini ma’qullay olmadi.

Har bir hujjat kamida 60 ta ovozga ega bo‘lishi lozim edi. Respublika partiyasi tomonidan taklif qilingan qonun loyihasi Vakillar palatasida qabul qilingan bo‘lsa-da, Senatda yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmadi.

Demokratlar ham o‘z loyihalarini ilgari surishdi, ammo kerakli ovozlarni to‘plashda muvaffaqiyatsiz bo‘ldilar. Mutaxassislar fikricha, kelishmovchiliklarning asosiy sababi sog‘liqni saqlash xarajatlari bo‘yicha masalalardir.

Har ikki partiya bu boradagi pozitsiyalarida qat’iy turib, hozircha kelishuvga erishish imkoni yo‘qdek ko‘rinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumatning vaqtincha ishini to‘xtatishi, ya’ni shatdaun 30 sentyabrdan 1 oktabrga o‘tar kechasi, mahalliy vaqt bilan yarim tunda boshlanishi mumkin.

Bu holat federal idoralarda xizmat ko‘rsatish jarayonining to‘liq yoki qisman to‘xtashiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13