Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 oktabr
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Kabilaga o‘lim jazosini va 50 milliard tovon belgilandi

Dunyo
30
Kabilaga o‘lim jazosini va 50 milliard tovon belgilandi
Kongo Demokratik Respublikasida muhim siyosiy voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat harbiy sudi sobiq prezident Jozef Kabilani insoniyatga qarshi jinoyatlar, davlatga xiyonat va urush jinoyatlari bo‘yicha aybdor deb topdi va unga o‘lim jazosi tayinladi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Sud hujjatlarida Kabilaning joriy yil fevral oyida yuzaga kelgan qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlagani, shuningdek, qotillik, zo‘rlash, qiynoqlar va isyon uyushtirish kabi jinoyatlarda ayblangani qayd etilgan. Sud jarayonida sobiq prezident ishtirok etmagan va unga himoyachilar tayinlanmagan.

Harbiy sud nafaqat o‘lim jazosi, balki tovon puli ham belgiladi. Qarorga ko‘ra, Jozef Kabila davlat va jabrlanuvchilarga jami 50 milliard dollardan ortiq kompensatsiya to‘lashi lozim.

Kabila 2001 yildan 2019 yilgacha mamlakat prezidenti bo‘lgan. U o‘z ayblarini qat’iy rad etib, sudni siyosiylashtirilgan deb hisoblaydi.

Hozirda u asosan Janubiy Afrikada istiqomat qilmoqda, biroq may oyida Goma shahrida ko‘rinishi haqida ma’lumotlar ham bor. Sobiq prezidentning siyosiy raqibi va amaldagi prezident Feliks Tshisekedi uni fevral oyidagi isyonni moliyalashtirishda ayblamoqda.

Hukumat Kabilaning partiyasining faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi va unga tegishli mol-mulklarni musodara qilish jarayonini boshladi. Kuzatuvchilar fikricha, bu qaror mamlakatdagi siyosiy ziddiyatlarni yanada kuchaytirishi mumkin.

Shu bilan birga, Kongo uchun barqarorlik va xavfsizlik masalasi hanuz muhim bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44