Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Ilon Maskning boyligi 500 milliard dollardan oshdi

Dunyo
41
Ilon Maskning boyligi 500 milliard dollardan oshdi
Amerikalik taniqli tadbirkor Ilon Mask moliya sohasida yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Forbes jurnalining ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi ilk bor 500 milliard dollardan oshdi. Sharqiy vaqt bilan 15:30 da Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari, Neuralink asoschisi hamda X ijtimoiy tarmog‘ining egasi Ilon Maskning umumiy boyligi 500 milliard dollarlik chegarani bosib o‘tdi.

2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:15 da esa uning boyligi 500,5 milliard dollarga yetdi. Forbes tahliliga ko‘ra, Ilon Maskning boyligi shunday yuqori darajaga yetishi uning davlatdagi lavozimini tark etib, barcha diqqatini biznes loyihalariga qaratgani bilan bog‘liq.

Hozirda u Forbes milliarderlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Oracle kompaniyasi rahbari Larri Ellison (351,6 milliard dollar), Meta asoschisi Mark Sukerberg (246,1 milliard dollar), Amazon asoschisi Jeff Bezos (233,2 milliard dollar) va Google asoschisi Larri Peyj (204,6 milliard dollar) joylashgan.

Shuni ta’kidlash lozimki, Ilon Mask avvalgi rekord egasi ham bo‘lgan. O‘tgan yil dekabr oyida uning boyligi 400 milliard dollardan oshib, bunday natijaga erishgan birinchi shaxs sifatida tarixga kirgan edi.

Hozirgi yangi ko‘rsatkich esa uning moliyaviy muvaffaqiyatlarining davom etayotganidan darak beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026