ENRU

Filippinda kuchli zilzila 72 odam halok bo‘ldi

Dunyo
37
Filippinda kuchli zilzila 72 odam halok bo‘ldi
Filippinning Sebu viloyatida sodir bo‘lgan kuchli zilzila natijasida halok bo‘lganlar soni 72 nafarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Oldinroq 69 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, 294 nafar odam turli darajadagi tan jarohatlari olgani ma’lum qilindi.

GMA Newsning ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha milliy kengash zilziladan 170 mingdan ortiq inson zarar ko‘rganini qayd etdi. Shu jumladan taxminan 20 ming kishi uyini tark etishga majbur bo‘ldi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli silkinishlar ayrim binolarning vayron bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 21:59 da 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi.

Keyinchalik kuchi 1 dan 5 gacha bo‘lgan 2300 dan ortiq yer silkinishlari qayd etildi. Filippin vulqonologiya va seysmologiya institutining ma’lumotiga ko‘ra, zilzila Bogo shahridan taxminan 20 kilometr shimoli-sharqda, yer ostida 5 kilometr chuqurlikda yuz bergan.

Sebu viloyatida favqulodda holat e’lon qilindi. Eng ko‘p qurbonlar viloyatning shimolida joylashgan, aholisi 90 mingga yaqin Bogo shahri hamda San-Remijio va Medellin munitsipalitetlarida ro‘y berdi.

Hozirda favqulodda vaziyat yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Yaqin Sharq mintaqasida harbiy qarama-qarshilik darajasi juda yuqori darajada yetgan. Yamandagi husiychilar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi xalqaro
DunyoBugun, 10:31
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi sharhlar bildirdi. U Washingtondagi harbiy bazada
DunyoBugun, 09:40
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina va Janubiy Koreya orasidagi diplomatik munosabatlar 8 oktyabrda jiddiy darajada siqindi, chunki Seul Kiyevdagi elchinini rasman chaqirib oldi. Bu qadam,
DunyoBugun, 04:32
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Ispaniyalik taniqli futbol mutaxassisi Luis Enrikening oilasi navbatdagi og‘ir ruhiy zarbaga duch keldi. Italiyaning nufuzli nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra,
DunyoBugun, 04:06
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi o‘zining Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshi yordamida sayyoramizdan taxminan 1,5 milliard kilometr uzoqlikda joylashgan Saturn sayyorasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:59
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp o‘rtasida yaqin vaqt ichida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Kreml rasmiy vakili
DunyoBugun, 03:21