ENRU

Rossiya armiyasi otliq otryadlarni qayta tiklamoqda

Dunyo
37
Rossiya armiyasi otliq otryadlarni qayta tiklamoqda
Rossiya armiyasi zamonaviy jang sharoitida otliq otryadlarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kommersant nashrining xabariga ko‘ra, ilgari ham ba’zi holatlarda otlardan foydalanilgan, biroq bu kam uchragan. Hozir esa Rossiya qo‘shinlari to‘liq hajmda otliq qo‘shinlarni qayta tashkil etish g‘oyasini sinab ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shtorm maxsus otryadlari jangchilari ot minishni o‘rganmoqda. Komandirning so‘zlariga ko‘ra, otlar o‘zining tabiiy instinktlari sababli mayinni topish ehtimoli odamga qaraganda ancha kam.

Shuningdek, qorong‘u sharoitda otlar yo‘lni yaxshiroq his qila oladi. Taktikaga ko‘ra, bitta otda ikki kishi bo‘ladi: biri otni boshqaradi, ikkinchisi esa qurol bilan hujumga tayyor turadi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri jang boshlanganda ular otdan tushib, piyoda kurashadi. Otlar yo‘lsiz hududlarda tez va maxfiy harakat qilish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, otlar temirdan yasalmaganligi sababli magnit minalarini ishga tushirish xavfi past. Ammo bunday uslubning murakkab tomonlari ham mavjud.

Otlarni o‘rgatish, boqish va saqlash qiyin bo‘lib, ularning yuk ko‘tarish qobiliyati texnik vositalarga nisbatan juda past. Shu sababli otlarni keng ko‘lamda jang maydonida qo‘llash imkoniyati shubhali, deya xulosa qilinmoqda.

Tahlilchilar fikricha, otlarni jangga qaytarishga urinish ko‘proq ramziy ma’noga ega. Zamonaviy texnologiyalar ba’zan zaiflik ko‘rsatganda, armiyalar an’anaviy vositalarga murojaat qilmoqda.

Masalan, telefon kabellari yoki yuk tashuvchi hayvonlardan foydalanish holatlari uchramoqda. Oldinroq rossiyalik harbiylar front chizig‘ida elektr samokatlar va yo‘lsiz hududlarda harakatlana oladigan kichik texnik vositalardan ham foydalanganlari haqida ma’lumot berilgan edi.

Bu esa piyodalarga qarshi minalar xavfini qisman kamaytirishga yordam bergan.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44