Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Vetnamda “Bualoi” to‘foni 36 odamni o‘ldirdi

Dunyo
107
Vetnamda “Bualoi” to‘foni 36 odamni o‘ldirdi
Vetnamda yuz bergan kuchli to‘fon va uning oqibatidagi toshqinlar mamlakat aholisini chuqur qayg‘uga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

“Bualoi” nomi bilan atalgan ushbu tabiiy ofat natijasida 36 nafar kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, to‘fon 29 sentyabr kuni mamlakatning shimoliy va markaziy sohillarini qamrab oldi.

Kuchli shamol, katta to‘lqinlar va uzluksiz yog‘ayotgan yomg‘irlar ko‘plab hududlarda vayrongarchilikka sabab bo‘ldi. Hozirga qadar 21 kishi bedarak yo‘qolgan, 147 nafar fuqaro esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizildi.

Tabiiy ofatning iqtisodiy zarari ham katta bo‘lib, hukumat taxminlariga ko‘ra, “Bualoi” to‘foni va suv toshqinlari mamlakat iqtisodiyotiga 11,5 trillion dong, ya’ni 435,8 million dollar atrofida zarar yetkazdi. Ko‘plab yo‘llar, maktab binolari va davlat idoralari vayron bo‘ldi.

Elektr ta’minotining uzilishi sabab o‘n minglab oilalar yorug‘liksiz qoldi. Ba’zi viloyatlarda suv sathi uzoq vaqt pasaymayapti, bu esa aholi hayotini yanada qiyinlashtirmoqda.

Rasmiy hisobotda 210 mingdan ziyod uyga turli darajada zarar yetgani, ayrimlari esa to‘liq suv ostida qolgani qayd etilgan. Shuningdek, 51 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlari, asosan guruch dalalari, butunlay yo‘q qilindi.

Ofat sabab minglab oilalar uylaridan ko‘chirilib, vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirildi. Hukumat va qutqaruv xizmatlari barcha imkoniyatlarni ishga solib, qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.

Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik va yordam dasturlari ham joriy etilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Mutaxassislar Vetnamda har yili yirik to‘fonlar sodir bo‘lib, ularning ko‘pchiligi odamlar hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishini bildiradi.

“Bualoi” esa so‘nggi yillarda kuzatilgan eng katta va halokatli tabiiy ofatlardan biri hisoblanadi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026