Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Marokash yoshlar noroziligini tinch yo‘l bilan hal qiladi

Dunyo
48
Marokash yoshlar noroziligini tinch yo‘l bilan hal qiladi
Marokash Bosh vaziri Aziz Axannush mamlakatdagi yoshlar noroziliklarini tinch yo‘l bilan hal etishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U noroziliklar kamida 11 shaharni qamrab olganini ta’kidlab, barcha muammolarni ochiq va samimiy muloqot orqali hal qilish mumkinligini aytdi. Axannush hukumat yoshlar tomonidan ilgari surilgan talablar bilan tanishligini va ular bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanligini bildirdi.

Noroziliklarning boshlanishiga Gen Z 212 harakati sabab bo‘lib, dastlab ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish talablari asosiy masala bo‘lgan. So‘ngra namoyishchilar 2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik uchun ajratilgan katta budjet xarajatlariga qarshi chiqishdi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tartibsizliklar vaqtida uch kishi halok bo‘lgan, 350 dan ortiq kishi jarohat olgan. Hukumat voqealarni nazoratga olish va vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.

Muloqot va tinchlik yo‘li orqali muammolar hal etilishi muhimligi qayd etilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026