Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+10°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

AQShda hukumat yopilishi davom etmoqda

Dunyo
27
AQShda hukumat yopilishi davom etmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlarida hukumat faoliyatining to‘xtashi davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Senatda hukumat ishini tiklash bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Demokratlar va respublikachilar o‘rtasida kelishuvga erishilmadi, shu sababli hukumat yopilishi kamida dushanbagacha davom etadi.

Prezident Donald Tramp ma’muriyati Chikago metrosi uchun ajratilgan 2,1 milliard dollarni to‘xtatib qo‘ydi. Bundan tashqari, demokratlar boshqaruvidagi hududlarda jami 28 milliard dollardan ortiq mablag‘ muzlatildi.

Illinois shtati gubernatori J.B. Pritzker bu qarorni siyosiy bosim deb atab, keskin tanqid qildi.

Prezident Tramp esa boshqa shahar va shtatlarda ham mablag‘larni to‘xtatishi mumkinligini ma’lum qildi. Hukumat yopilishi sababli federal idoralar faoliyati to‘xtab, millionlab xodimlar oyliksiz qolmoqda.

Agar bu holat uzoq davom etsa, AQSh tarixidagi eng katta hukumat yopilishlaridan biriga aylanishi ehtimoldan xoli emas. Bu vaziyat mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Hukumatning faoliyatini qayta tiklash borasida siyosiy yetakchilar o‘rtasida kelishuv topilishi zarur.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026