ENRU

Tunisda prezident tanqidchisi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Dunyo
36
Tunisda prezident tanqidchisi o‘lim jazosiga hukm qilindi
Tunisda 56 yoshli Saber Shushan internetda mamlakat prezidenti Qays Saidni tanqid qilgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. Advokat Ussam Butaljaning so‘zlariga ko‘ra, Nabel shahridagi sudya mijozini ijtimoiy tarmoqlardagi postlari sababli qatag‘on qilib, o‘lim jazosini tayinlagan.

Advokat bu qarorni hayratlanarli va misli ko‘rilmagan deb atab, hukm ustidan shikoyat berilganini ma’lum qildi. Himoyachining ma’lumotlariga ko‘ra, Saber Shushan siyosiy faol emas, oddiy ishchi hisoblanadi va hibsga olinishidan oldin prezident siyosatidan norozi bo‘lgan.

Uning ukasi esa «Biz allaqachon qashshoqlikda yashayapmiz, endi esa unga adolatsizlik ham qo‘shildi. Bu qarorga ishonolmaymiz» degan fikrni bildirdi.

Tunisda o‘lim jazosi kam qo‘llaniladi va so‘nggi 30 yil ichida ijro etilmagan. Shunga qaramay, bu hukm ijtimoiy tarmoqlarda keng norozilik va bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Ko‘plab fuqarolar va huquq himoyachilari bu qarorni siyosiy tanqidchilarni qo‘rqitishga qaratilgan harakat sifatida baholamoqda. Shuningdek, shu yil may oyida Salvadorda prezident Nayib Bukeleni tanqid qilgan mashhur advokat Rut Eleonora Lopes ham hibsga olingan edi.

Bu voqealar dunyo bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda davlat rahbarlarini tanqid qilish va so‘z erkinligi masalasini yana-da dolzarb qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44