Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Tbilisida prezident qarorgohida to‘qnashuv yuz berdi

Dunyo
26
Tbilisida prezident qarorgohida to‘qnashuv yuz berdi
Tbilisida bir guruh norozilar Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvilining qarorgohi devorini buzib, qarorgoh hududiga kirishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

TV Pirveli ma’lumotiga ko‘ra, namoyishchilarning bu harakati natijasida qarorgoh atrofida keskin vaziyat yuzaga keldi. Hodisa joyida portlashga o‘xshash pirotexnika vositalari ishlatilgani haqida xabar berildi.

Qarorgohni himoya qilayotgan qo‘riqchilar bilan norozilar o‘rtasida to‘qnashuvlar uzoq vaqt davom etdi. Norozilikchilar politsiyaga tosh otish va pirotexnik vositalardan foydalangan holda vaziyatni yanada murakkablashtirdi.

Bu esa o‘t ochilishiga va jarohatlar yuzaga kelishiga xavf tug‘dirdi. Hodisa joyiga tezkor qo‘shma kuchlar yetib bordi va ko‘plab shaxslar qo‘lga olindi.

Politsiya xodimlari norozilarni tinchlantirish uchun qalampir gazi va suv purkagichlardan foydalanishga majbur bo‘ldi. Gruziya Ichki ishlar vazirligi norozilik aksiyasini noqonuniy deb topdi va qonuniy choralar ko‘rilishini bildirdi.

Hukumat to‘qnashuvlar sabablarini o‘rganish hamda jinoiy javobgarlikni aniqlash uchun tergov ishlarini boshlashini ma’lum qildi. Shuningdek, shahardagi xavfsizlikni kuchaytirish va davlat obyektlariga qo‘shimcha himoya choralarini ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026