Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Tramp va Netanyahu o‘rtasida G‘azo bo‘yicha tortishuv

Dunyo
23
Tramp va Netanyahu o‘rtasida G‘azo bo‘yicha tortishuv
AQSHning Axios nashri manbasiga tayanib xabar berishicha, Prezident Donald Tramp G‘azo bo‘yicha o‘z tinchlik tashabbusi jarayonining muvaffaqiyatli kechayotganiga ishonch bildirgan holda, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga qo‘ng‘iroq qilganida nojo‘ya so‘zlar ishlatgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

3 oktyabr kuni HAMAS vakillari Tramp rejasiga ijobiy munosabat bildirgani haqida xabar berilgach, Oq uy rahbari buni yaxshi yangilik deb baholab, darhol Netanyahuga telefon qilgani aytilmoqda. Biroq Isroil bosh vaziri ushbu javobni bayram qilishga sabab emas deb ta’riflagan.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Netanyahuning bu munosabati Trampning jahli chiqishiga sabab bo‘lgan. U prezidentga qarata, “Nega doim shunday salbiy fikrdasan?

Bu g‘alaba, uni qabul qil”, deb keskin gapirgan. Siyosiy sharhlovchilarning fikricha, bu mojaro Trampning o‘z rejasiga qanchalik jiddiy yondashayotganini va undan katta umid kutayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Vashington va Tel-Aviv o‘rtasidagi murakkab masalalar qatorida G‘azo bo‘yicha muzokaralarning ham bosimi oshib borayotgani kuzatilmoqda. Donald Trampning G‘azo haqidagi 20 banddan iborat tinchlik rejasi 29 sentyabr kuni Vashingtonda Netanyahuga bilan uchrashuv davomida e’lon qilingan edi.

Ushbu hujjatda barcha isroillik garovdagilarni ozod qilish, HAMASning taslim bo‘lishi, G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazish va uni vaqtinchalik xalqaro nazorat ostidagi ma’muriyatga topshirish kabi qadamlar ko‘zda tutilgan. Tomonlar bu masalada hali ham farqli yondashuvlarga ega bo‘lsa-da, amerikalik rasmiylar reja bo‘yicha ishlar davom etayotganini ta’kidlamoqda.

Isroil tomoni esa xavfsizlik nuqtai nazaridan ehtiyotkor pozitsiyani saqlab turibdi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29