ENRU

Rossiya musulmonlari kurerlarga yangi fatvo berdi

Dunyo
571
Rossiya musulmonlari kurerlarga yangi fatvo berdi
Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi musulmon kurerlar uchun yangi fatvo qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu fatvoga ko‘ra, Islom dini qoidalariga zid bo‘lgan mahsulotlarni tashish va yetkazish qat’iyan taqiqlanadi. Jumladan, spirtli ichimliklar, cho‘chqa go‘shti, shariatga muvofiq so‘yilmagan hayvon go‘shti, qimor o‘yinlari bilan bog‘liq buyumlar va boshqa harom mahsulotlarni yetkazib berish mumkin emas.

Fatvoda shuningdek, agar kurer yuk ichida nima borligini bilmagan holda mahsulotlarni yetkazsa yoki harom mahsulotlarni yo‘q qilish maqsadida tashilayotgan bo‘lsa, bu holat gunoh hisoblanmaydi. Yetkazib berishga ruxsat etilgan mahsulotlar ro‘yxatida halol usulda so‘yilgan hayvon go‘shti, don mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, kiyim-kechak, maishiy texnika, qurilish materiallari, mebel, kitoblar, dori-darmonlar hamda tibbiy asboblar mavjud.

Agar buyurtmada halol va harom mahsulotlar aralash bo‘lsa, kurerga daromadning ma’lum qismini sadaqa sifatida xayriya qilish tavsiya etiladi. Boshqarma bayonotida aytilishicha, kurer buyurtma tarkibini aniq bilmasa, uning faoliyati shariatga zid hisoblanmaydi, ammo taqiqlangan mahsulotni bilib yetkazsa, bu Islom qoidalariga xilof bo‘ladi.

Ushbu fatvo musulmonlarning mehnat faoliyatida halollik va diniy qoidalarga rioya qilishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoBugun, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44