Bugun
Yevropa ligasida Sele Zalsburg bilan uchrashadi
+15°
небольшая облачность ветер 2 м/с, С
ENRU

Florida yong‘inida gumonlanuvchi hibsga olindi

Dunyo
36
Florida yong‘inida gumonlanuvchi hibsga olindi
AQSH Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Florida shtatida yashovchi 29 yoshli Jonatan Rinderknext Los-Anjeles shahrida yanvar oyida yuz bergan katta yong‘inni qasddan keltirib chiqarishda gumon qilinib, hibsga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hibs 8 oktyabr kuni amalga oshirildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Rinderknext Uber haydovchisi bo‘lib ishlagan va 1 yanvar kuni shaharning shimolidagi Pasifik-Palisayds sayyohlik yo‘lagida daraxtlarga yong‘in qo‘ygan.

Dastlab olov maydoni kichik bo‘lgan, ammo kuchli shamol ta’sirida olov tez tarqaldi. Yong‘in natijasida taxminan 93 kvadrat kilometr hudud zarar ko‘rdi.

Bu yong‘in Tinch okeani bo‘yidagi Malibu, Santa-Monika tog‘lari va atrofdagi hududlarga katta zarar yetkazdi. Hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 6800 dan ortiq bino va inshootlar vayron bo‘ldi.

Hozirda qo‘shimcha tergov ishlari davom etmoqda. Rinderknextga nisbatan ayblovlar sudda ko‘rib chiqiladi va u gunohi isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi.

Qutqaruv xizmatlari yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan mavsumda aholiga ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni tavsiya qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoBugun, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoBugun, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoBugun, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoBugun, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoBugun, 10:13