ENRU

Alyaskada 40 ming yillik mikroorganizmlar tirildi

Dunyo
30
Alyaskada 40 ming yillik mikroorganizmlar tirildi
AQSHning Kolorado universiteti olimlari Alyaskadagi abadiy muzliklarda 40 ming yil davomida muzlab yotgan qadimgi mikroorganizmlarni uyg‘otishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadqiqot natijalari Wionews tomonidan e’lon qilindi. Olimlar muzlagan tuproq va muz namunalarini isitish orqali ilgari o‘lik deb hisoblangan mikroblarning tirilish belgilarini aniqlashdi.

Tadqiqot rahbari doktor Tristan Karo ta’kidlashicha, ushbu namunalar mutlaqo o‘lik emas. Namuna Alyaskaning Ferbenks shahri yaqinidagi “muzlik qabristoni” deb ataluvchi tunneldan olingan.

Bir necha oy davomida +3 dan +12 darajagacha bo‘lgan haroratda saqlanganda, mikroorganizmlar yo‘qotish qiyin bo‘lgan shilimshiq qatlam — bioplyonka hosil qilgan. Olimlarning fikricha, bu mikroorganizmlar odamlar uchun xavfli emas, ammo ular iqlim o‘zgarishini kuchaytiruvchi metan va karbonat angidrid moddalari chiqarishi mumkin.

Infeksiya sohasidagi mutaxassis Brigitta Evengord muzliklarda xavfli viruslar, jumladan kuydirgi va chechak viruslari ham bo‘lishi ehtimolini bildirgan. U abadiy muzliklarni “Pandora qutisi”ga o‘xshatgan.

Olimlar global isish natijasida muzliklarning erishi qadimgi viruslarning qayta faollashishi xavfini oshirayotganini ta’kidlashmoqda. Bu esa kelajakda inson salomatligi va atrof-muhit uchun yangi tahdidlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun muzliklardagi virus va mikroorganizmlarni o‘rganish va nazorat qilish dolzarb masala hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Oksford universiteti tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 108 ta rivojlanayotgan davlatda 1,2 milliard kishi ko‘p o‘lchovli
DunyoBugun, 06:23
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31