ENRU

Rossiya hujumi sabab ko‘mir zavodi faoliyati to‘xtadi

Dunyo
32
Rossiya hujumi sabab ko‘mir zavodi faoliyati to‘xtadi
Qish faslining yaqinlashishi bilan Ukraina energetika tizimi yangi qiyinchilikka duch keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rossiya harbiylari "DTEK Energo" kompaniyasiga qarashli ko‘mir boyitish zavodiga navbatdagi hujumni amalga oshirdi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati. Hujum natijasida zavodda yong‘in yuzaga kelgan, binolarning bir qismi vayron bo‘lgan va texnologik uskunalar jiddiy zarar ko‘rgan.

Xodimlar o‘z vaqtida boshpanaga kirgani sababli jabrlanuvchilar bo‘lmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu so‘nggi olti hafta ichida zavodga qilingan uchinchi yirik hujumdir.

Oldingi zarbalar 26 avgust va 8 sentyabr kunlari qayd etilgan edi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, front chizig‘i yaqinlashib kelayotgani va xodimlar xavfsizligining tahdid ostida ekanligi bois, Ukraina issiqlik elektr stansiyalarini ko‘mir bilan ta’minlab kelgan zavod faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Hozirda zavod ishlab chiqarish quvvatini to‘liq yo‘qotgan, asosiy uskunalar esa ishga yaroqsiz holatga kelgan. Bu holat qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuning uchun mutasaddilar vaziyatni tezda barqarorlashtirish va zararni bartaraf etish choralarini ko‘rishni rejalashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32