Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Xitoyda cho‘chqa jigarini insonga ko‘chirildi

Dunyo
29
Xitoyda cho‘chqa jigarini insonga ko‘chirildi
Xitoy tibbiyotida yangi va tarixiy qadam tashlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shensi provinsiyasidagi Xijing kasalxonasi shifokorlari ilk bor genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqa jigarini inson organizmiga muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazdi. Bu haqda China Daily va Global Times nashrlari ma’lumot berdi.

Operatsiya klinik jihatdan o‘lik deb topilgan bemorda amalga oshirildi. Tibbiy jamoa bemorning o‘z jigarini olib tashlab, uning o‘rniga genetik modifikatsiya qilingan cho‘chqa jigarini joylashtirdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ko‘chirib o‘tkazilgan organ inson qoni bilan to‘liq ta’minlandi, safro ishlab chiqarishni boshladi va o‘zining fiziologik funksiyalarini muvaffaqiyatli bajardi. Eng muhim jihati shundaki, bemorning immun tizimi cho‘chqa jigarini rad etmadi, ya’ni hiperakut reaksiya yuz bermadi.

Bu holat tibbiyot tarixida kamdan kam uchraydi. Operatsiya davomida hayotiy ko‘rsatkichlar — qon aylanishi, jigarning faoliyati va moddalar almashinuvi — barqaror bo‘ldi.

Jarayondan keyingi o‘n kun davomida bemor maxsus tibbiy nazorat ostida saqlandi va barcha natijalar tibbiy komissiya tomonidan hujjatlashtirildi. Ekspertlar fikricha, bu amaliyot xenotransplantatsiya sohasidagi katta yutuq bo‘lib, kelajakda inson organlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi mumkin.

Shu bilan birga, jigar yetishmovchiligi bilan og‘rigan ko‘plab bemorlar hayotini saqlab qolishda yangi imkoniyatlar ochiladi. Xitoy olimlarining bu muvaffaqiyati nafaqat milliy ilmiy salohiyatni, balki tibbiyot sohasidagi yangi bosqichni ham ko‘rsatdi.

Mutaxassislar fikricha, kelajakda boshqa ichki organlar, masalan, buyrak, yurak yoki o‘pka kabi a’zolarni ham hayvonlardan insonga ko‘chirish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, Xijing kasalxonasida amalga oshirilgan operatsiya tibbiyot tarixida yangi sahifa ochib, inson hayotini saqlab qolish yo‘lida ilmiy izlanishlarga katta umid bag‘ishladi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59