Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Italiyada jamoat joylarida burqa taqiqlandi loyihasi

Dunyo
37
Italiyada jamoat joylarida burqa taqiqlandi loyihasi
Italiyada bosh vazir Jorjiya Meloni yetakchiligidagi “Italiya birodarlari” partiyasi jamoat joylarida burqa, niqob va paranji kiyishni taqiqlash hamda masjidlarni moliyalashtirish ustidan nazoratni kuchaytirishni maqsad qilgan qonun loyihasini parlamentga taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hujjat partiyaning rasmiy sayti orqali e’lon qilindi. Qonun loyihasi Deputatlar palatasiga “Kamsitishga qarshi” nomi bilan kiritilgan.

Unda davlat muassasalari, maktablar va universitetlar kabi jamoat joylarida burqa, niqob va paranji kiyishni taqiqlash taklif etilgan. Shuningdek, masjidlarni moliyalashtirishda shaffoflikni ta’minlash va majburiy nikoh uchun qattiqroq jazo belgilash ko‘zda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, taqiqni buzganlarga 300 dan 3000 yevrogacha jarima solinishi mumkin. Yanvar oyida Meloni koalitsiyasidagi “Liga” partiyasi ham shunga o‘xshash qonun taklif qilgan, ammo uning qamrovi torroq edi.

Hozirda “Liga” loyihasi parlament qo‘mitasida ko‘rib chiqilmoqda, biroq u “Italiya birodarlari” partiyasining taklifi bilan birlashtiriladimi, aniq emas. Parlamentda o‘ng partiyalar ko‘pchilik bo‘lgani sababli qonun loyihasining qabul qilinishi ehtimoli yuqori hisoblanmoqda.

Muhokama sanasi hali belgilanmagan.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29