Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Putin va Aliyev AZAL fojiasi haqida gaplashdi

Dunyo
55
Putin va Aliyev AZAL fojiasi haqida gaplashdi
Dushanbe shahrida 9-10 oktabr kunlari o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammiti va MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida Vladimir Putin va Ilhom Aliyev o‘rtasidagi uchrashuv avvalambor o‘tgan yilning 25 dekabrida Qozog‘iston hududida halokatga uchragan AZAL samolyoti fojiasi haqida suhbat bilan boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

RIA xabariga ko‘ra, ushbu masalani muhokama qilish taklifini aynan Putin bildirdi. Rossiya prezidenti oldinroq Rossiya osmonida yuz bergan fojia yuzasidan Ozarbayjon tomonidan rasmiy uzr so‘ralganini eslatib, halok bo‘lgan yo‘lovchilarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

U ta’kidlashicha, Moskva tergov jarayoniga to‘liq yordam ko‘rsatmoqda va hodisa sabablarini, xususan, osmonda Ukraina droni mavjudligi bilan bog‘liq holatlarni o‘rganmoqda. Putin ma’lumot berishicha, fojia yuz bergan kuni AZAL samolyot bortida uchta ukrain uchuvchisiz qurilmalari Rossiya chegarasidan o‘tgan.

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi yo‘llagan ikki raketa samolyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegmagan, portlashlar samolyotdan bir necha metr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Samolyot esa ehtimoliy ravishda portlashdan kelib chiqqan parchalar sabab shikastlangan.

Shu bilan birga, ekipaj Maxachqal’aga qo‘nishga ruxsat olgani, ammo ular o‘z aerodromiga qaytishni afzal ko‘rganligi qayd etilgan. Davlat rahbari mas’ul shaxslarning harakatlari qonuniy bahosiz qolmasligini ta’kidlab, tovon to‘lash masalalari bo‘yicha Rossiya zarur jarayonlarni amalga oshirishini bildirdi.

Ushbu holatni to‘liq ochib berish uchun vaqt kerakligi qayd etildi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, AZAL samolyotida jami 67 kishi bo‘lgan, ulardan 5 nafari ekipaj a’zolari.

Fojia natijasida 38 yo‘lovchi halok bo‘lgan, 29 nafari esa tirik qolgan. Sammit doirasidagi uchrashuvda tomonlar mazkur hodisani har tomonlama, ochiq va tizimli tergov qilish tarafdori ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026