ENRU

O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga sayohatni ko‘paytirdi

Dunyo
24
O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga sayohatni ko‘paytirdi
2025-yilning yanvar-avgust oylarida Saudiya Arabistoniga borgan O‘zbekiston fuqarolari soni 165,7 ming nafarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 48,1 foizga oshganligi Kursiv Uzbekistan ma’lumotida qayd etilgan. Natskomstatning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda Saudiya Arabistoniga sayohat maqsadida 141,6 ming kishi borgan.

Shuningdek, 23,5 ming nafar fuqaro yaqin qarindoshlarini ziyorat qilish uchun, 548 kishi sog‘liqni saqlash muassasalarida davolanish maqsadida, 62 nafar ish bilan bog‘liq, 18 nafar esa ta’lim olish uchun borgan. Shu yilning iyul oyida esa 15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga yetib bordi.

Bu uchun to‘qqizta shaharni qamrab olgan maxsus aviareyslar tashkil etildi. Parvozlar mahalliy hamda xalqaro aviakompaniyalar tomonidan amalga oshirildi.

Saudiya Arabistoniga sayohat qilish istagi ortib borayotgani mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va turizm sohasidagi rivojlanishning muhim ko‘rsatkichidir. O‘zbekistonlik sayohatchilar sonining oshishi esa mamlakatimiz fuqarolarining xorijiy davlatlarga sayohat qilish imkoniyatlari kengayganini bildiradi.

O‘xshash yangiliklar

Korsika osmonida noyob va sirli qizil spritlar tasvirga olindi
Korsika osmonida noyob va sirli qizil spritlar tasvirga olindi
Fransiyaning Korsika orolida tabiatning eng noyob va sirli hodisalaridan biri hisoblangan qizil spritlar tasvirga olindi. Mahoratli fotograf tomonidan muhrlangan ushbu
DunyoBugun, 17:49
Istanbulda dori dozasini oshirib yuborgan qizaloq vafot etdi
Istanbulda dori dozasini oshirib yuborgan qizaloq vafot etdi
Turkiyaning Istanbul shahrida uch yoshli qizaloq isitma tushiruvchi siropni belgilangan miqdordan ortiq iste’mol qilishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Mahalliy
DunyoBugun, 17:15
Daniyada o'qituvchilarga tartibbuzar o'quvchilarni sinfdan chiqarish vakolati beriladi
Daniyada o'qituvchilarga tartibbuzar o'quvchilarni sinfdan chiqarish vakolati beriladi
Daniyada 2027-yilning avgust oyidan boshlab maktab o‘qituvchilariga dars jarayoniga xalaqit berayotgan yoki tartibni buzayotgan o‘quvchilarni sinf xonasidan majburiy tartibda chiqarib yuborish
DunyoBugun, 16:31
Rossiya kompaniyasi yuzdan ortiq inson jasadini muzlatilgan holda saqlamoqda
Rossiya kompaniyasi yuzdan ortiq inson jasadini muzlatilgan holda saqlamoqda
Rossiyaning KrioRus kompaniyasi kelajakda ilm-fan taraqqiyoti natijasida qayta tiriltirish umidida 109 nafar insonning tanasi yoki miyasini o‘ta past haroratda
DunyoBugun, 16:21
Netanyaxu muxolifat g'alabasi Falastin davlati tuzilishiga yo'l ochishidan ogohlantirdi
Netanyaxu muxolifat g'alabasi Falastin davlati tuzilishiga yo'l ochishidan ogohlantirdi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatda kutilayotgan parlament saylovlari oldidan saylovchilarga murojaat qilib, muxolifatning g‘alabasi mustaqil Falastin davlati tuzilishiga yo‘l ochishi
DunyoBugun, 15:40
Ozarbayjonda hijobli o‘qituvchi va o‘quvchilar darsni ko‘chada o‘tdi
Ozarbayjonda hijobli o‘qituvchi va o‘quvchilar darsni ko‘chada o‘tdi
Ozarbayjonda maktab binosiga hijobda kelgan o‘qituvchi va bir necha o‘quvchi ta’lim muassasasiga kiritilmagani sababli dars mashg‘ulotlarini ko‘chada, yo‘lak ustida o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Bu
DunyoBugun, 15:21