Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 1 м/с, В
ENRU

Sheyn Koplan Polymarket bilan milliarderlarga kirdi

Dunyo
78
Sheyn Koplan Polymarket bilan milliarderlarga kirdi
Financial Post nashrining xabar berishicha, 27 yoshli Sheyn Koplan o‘z yo‘li bilan muvaffaqiyatga erishgan Polymarket platformasining asoschisi bo‘lib, dunyodagi eng yosh milliarderlardan biri sifatida tan olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning startapi — prognozlar bozoriga ixtisoslashgan Polymarket — so‘nggi paytlarda moliya sohasida katta e’tibor qozondi. Nyu-York fond birjasi kompaniyaga ikki milliard dollar miqdorida sarmoya kiritgach, uning biznesi yangi bosqichga ko‘tarildi.

Hozirda Polymarket’ning umumiy bahosi 9 milliard dollardan oshdi. Polymarket platformasi foydalanuvchilarga turli voqealar bo‘yicha bashorat qilish va pul tikish imkoniyatini beradi.

Bu yerda nafaqat siyosiy jarayonlar, balki boshqa sohalar bo‘yicha ham “pulli prognoz” berish mumkin. Masalan, prezidentlik saylovlari, xalqaro siyosiy voqealar, Nobel mukofoti sovrindorlari hamda filmlar va seriallarning kassa yig‘imlari kabi mavzular mavjud.

Sheyn Koplaning hayot yo‘li boshqalar uchun ibrat bo‘lishi mumkin. Bir necha yil avval u moddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan, hatto ijara haqini to‘lash uchun shaxsiy buyumlarini sotishga majbur bo‘lgan.

Biroq, bu holat uning oldinga intilishiga to‘sqinlik qilmadi. 2019-yilda u iqtisodchi Robin Hansonning “bashorat bozori” g‘oyalari bilan yaqindan tanishib, ularni amalda qo‘llashga qaror qildi.

Shu tariqa, 2020-yilda, atigi 22 yoshida, Polymarket’ni ishga tushirdi. Biroq, dastlabki muvaffaqiyat uzoqqa cho‘zilmadi.

AQShdagi qonunchilik talablariga muvofiq, Polymarket faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu yosh tadbirkor uchun katta sinov bo‘ldi.

Shunga qaramay, Koplan taslim bo‘lmadi va kompaniyani qayta tashkil etib, faoliyatini xorijiy bozorlarda davom ettirdi. Keyinchalik vaziyat o‘zgardi.

Donald Trampning kriptovalyutalarga nisbatan ijobiy siyosati tufayli Polymarket yana Amerika bozoriga qaytdi va yangi davrni boshladi. Hozirgi kunda Sheyn Koplan nafaqat moliyaviy muvaffaqiyat ramzi, balki yangi avlod tadbirkorlarining mehnat va ishonch bilan erishilgan yutug‘i sifatida e’tirof etilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqalar uchun oddiy ko‘ringan g‘oyani doimiy mehnat va to‘g‘ri yo‘nalish yordamida dunyoni o‘zgartiruvchi startapga aylantirish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026