ENRU

Singapurda 52 gramm geroin uchun o‘lim jazosi ijro etildi

Dunyo
32
Singapurda 52 gramm geroin uchun o‘lim jazosi ijro etildi
Singapur hukumati joriy haftada yana bir bor o‘lim jazosini ijro etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

38 yoshli Pannir Selvam Prantaman ismli shaxs 52 gramm geroin saqlashda ayblanib, osib o‘ldirildi. U Malayziyalik ruhoniyning o‘g‘li bo‘lib, 2014 yilda qo‘lga olingan.

Sud jarayoni bir necha yil davom etdi. Uning yaqinlari va advokatlari o‘lim jazosini bekor qilish uchun bir necha marta apellyatsiya bergan, prezidentga afv so‘rab murojaat qilgan, ammo barcha harakatlar samarasiz bo‘ldi.

Singapur qonunlariga ko‘ra, 15 grammdan ortiq geroin yoki 500 grammdan oshiq kannabis bilan qo‘lga tushgan shaxslar majburiy ravishda o‘lim jazosiga hukm qilinadi. Pannir sudda narkotiklarni tashiyotganini bilmaganini aytgan.

U hukmni kutayotgan kamerada she’r va qo‘shiqlar yozgan. Do‘stlari uni tinch, mehribon va diniy insofli inson sifatida eslashadi.

Singapurdagi o‘lim jazosiga qarshi faol esa 52 gramm uchun inson hayotini olishni adolatsiz deb hisoblaydi. Xalqaro tanqidlarga qaramay, Singapur rasmiylari qat’iy pozitsiyada turibdi va faqat shunday choralar orqali mamlakatni narkotrafikdan himoya qilish mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Amnesty International va boshqa huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar esa o‘lim jazosi narkotik savdosini kamaytirishda samarali emasligini aytib, buni davlat tomonidan amalga oshirilayotgan shafqatsizlik deb atamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Italiya hududida yadroviy tiyib turish bo‘yicha o‘zining har yilgi an’anaviy «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
DunyoBugun, 11:33