Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+15°
bulutli shamol 2 m/s, janubi-sharq
ENRU

AQSH Meksika chegarasida aqlli devor qurmoqda

Dunyo
23
AQSH Meksika chegarasida aqlli devor qurmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlari Meksika bilan chegara bo‘ylab zamonaviy “aqlli devor” qurish loyihasini amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha doirasida 4,5 milliard dollar ajratilib, qurilish ishlari uchun o‘nta shartnoma imzolangan. Bu haqda Newsmax telekanali ma’lumot berdi.

Kelishuvlar 15–30-sentyabr kunlari “One Big Beautiful Bill” nomli qonun asosida amalga oshirilmoqda. Rejaga ko‘ra, 370 kilometr uzunlikdagi devor va 640 kilometr texnologik infratuzilma barpo etiladi.

“Smart Wall” tizimi an’anaviy to‘siqlardan farqli o‘laroq po‘lat konstruksiyalar, patrul yo‘llari, yoritish uskunalari, kameralar va sensorlar bilan jihozlanadi. Bu texnologiya chegarani noqonuniy kesib o‘tish holatlarini real vaqtda nazorat qilish imkonini beradi.

Bojxona va chegara nazorati xizmati bayonotida ta’kidlanishicha, loyiha Amerika Qo‘shma Shtatlarining chegara xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha maqsadlariga erishish yo‘lida muhim qadamdir. Shuningdek, Donald Tramp o‘z inauguratsiyasida AQSHga noqonuniy kirishni to‘xtatish va muhojirlar oqimini kamaytirish niyatini bildirgan hamda janubiy chegarada favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Mutaxassislar fikricha, yangi “aqlli devor” fizik to‘siq bilan raqamli nazoratni birlashtirib, migratsiya va kontrabanda holatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Ushbu loyiha chegara xavfsizligini oshirish va noqonuniy harakatlarni oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026