Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+19°
bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Filippinda ikki kuchli zilzila yetti odam halok bo‘ldi

Dunyo
27
Filippinda ikki kuchli zilzila yetti odam halok bo‘ldi
Filippinda 10 oktyabr kuni sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila natijasida kamida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Zilzilalarning magnitudasi mos ravishda 7,4 va 6,7 ballni tashkil etdi. Bu haqida Filippin Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi ma’lumot berdi.

Rasmiy hisobotga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida jami 8436 nafar fuqaro jabr ko‘rdi. Shulardan 1265 kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi, yana 7915 kishi esa o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.

Fuqarolik mudofaa agentligi bayonotida zilzila natijasida yetti kishi halok bo‘lganligi, shuningdek, 11 nafar odam turli darajada tan jarohati olgani qayd etildi. Kuchli yer silkinishlari asosan Mindanao orolining janubiy qirg‘oq hududlarida yuz berdi.

Eslatib o‘tamiz, 30 sentyabr kuni mamlakatning Palompon g‘arbiy sohili yaqinida 6,9 magnitudali zilzila ro‘y bergan edi. O‘sha falokatda 70 dan ortiq inson halok bo‘lgan.

Filippin dunyodagi eng seysmik faol davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat Tinch okeanidagi “Olov halqasi” mintaqasida joylashgan bo‘lib, yuqori darajadagi vulqon va zilzila faolligi bilan mashhurdir.

Shuning uchun ham tabiiy ofatlarga tayyor turish va ularga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026