Bugun
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Lourens Uotkins eng uzun ismga ega bo‘ldi

Dunyo
87
Lourens Uotkins eng uzun ismga ega bo‘ldi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida yashovchi Lourens Gregori Uotkins insoniyat tarixidagi eng uzun ismga ega shaxs sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning ismi 2253 ta so‘zdan iborat bo‘lib, bu “Eng uzun shaxsiy ism” nominatsiyasida mutlaq jahon rekordi hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Lourens Uotkins 1990 yil 8 mart kuni Yangi Zelandiya fuqarolik reestriga ismini o‘zgartirish uchun ariza topshirgan.

U o‘z ismidagi so‘zlarni turli madaniyat va tarixda iz qoldirgan shaxslar — faylasuflar, siyosatchilar, yozuvchilar va olimlarning nomlari bilan boyitgan. Uotkinsning so‘zlariga ko‘ra, uning ismi inson sivilizatsiyasining qisqacha tarixi sifatida qaraladi va har bir so‘z ma’noga ega.

Dastlab davlat organlari uning ismini rasmiylashtirishni rad etgan, biroq keyinchalik Yangi Zelandiya Oliy sudi Uotkins foydasiga qaror chiqarib, fuqarolarning ismni erkin tanlash huquqini himoya qilgan. Shundan so‘ng uning ismi rasmiy hujjatlarga kiritilgan.

Hozirda u kundalik hayotda “Lourens Gregori” deb tanilsa-da, to‘liq ismi hujjatlarda saqlanmoqda. Ginnes rekordlari rasmiy saytida ham “Eng uzun shaxsiy ism” 2253 so‘zdan iboratligi va uning yagona egasi Lourens Gregori Uotkins ekani qayd etilgan.

Bu voqea butun dunyo bo‘ylab katta qiziqish uyg‘otdi. Xorijiy ommaviy axborot vositalari uni “o‘z ismini kutubxonaga aylantirgan inson” deb atadi.

Aytishlaricha, uning ismini to‘liq aytish 10 daqiqadan ortiq vaqt talab etadi. Lourens o‘zining barcha so‘zlarni yoddan bilmasligini tan olgan bo‘lsa-da, har bir so‘z uning tarixining bir qismi ekanini ta’kidlagan.

Shu tariqa, Lourens Gregori Uotkins nafaqat yangi rekord egasiga aylanishi, balki shaxsiy erkinlik va o‘ziga xoslik ramziga ham aylandi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegara hududida eng zamonaviy reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirishga mo‘ljallangan yirik harbiy bazani barpo etdi.
DunyoBugun, 02:58
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomoni Rossiyaning yirik elektron tijorat tarmoqlari, xususan, Wildberries va Ozon platformalariga hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlariga hujum
DunyoBugun, 02:13
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Fort-Xud harbiy bazasida mudhish jinoyat sodir etgan sobiq mayor Nidal Hasanning o'lim jazosini jonli efirda namoyish etish haqidagi rejasidan voz
DunyoBugun, 01:32
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti ma’muriyati vakillari bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti ma’muriyati vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatining rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali vakillari —
DunyoBugun, 01:29
Saida Mirziyoyeva Turkiyada «Baykar» kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
Saida Mirziyoyeva Turkiyada «Baykar» kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatining aloqa va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiyaning mudofaa sanoati hamda
DunyoBugun, 00:35
Saida Mirziyoyeva Turkiyada Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Turkiyada Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatining rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv
DunyoBugun, 00:25