ENRU

Letitsiya Jeyms bank firibgarligi bilan ayblandi

Dunyo
375
Letitsiya Jeyms bank firibgarligi bilan ayblandi
AQSHning Virjiniya shtatida 9 oktyabr kuni sudyalar hay’ati Nyu-York bosh prokurori Letitsiya Jeymsni bank firibgarligida aybladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Letitsiya Jeyms AQSH prezidenti Donald Trampning eng taniqli siyosiy raqiblaridan biri sifatida tanilgan. Avvalroq xuddi shunday ayblovlar Trampning boshqa tanqidchisi, FTBning sobiq direktori Jeyms Komiga ham qo‘yilgan edi.

Bu tergov ishlarini Tramp tomonidan tayinlangan prokuror Lindsi Halligan olib bordi. Undan oldingi prokuror esa dalillar yetarli emasligini aytib, lavozimidan iste’fo bergan edi.

Ayblovlarga ko‘ra, Letitsiya Jeyms 2020 yilda Virjiniya shtatida ko‘chmas mulk sotib olishda qulay kredit olish maqsadida bankka noto‘g‘ri ma’lumot bergan. Bosh prokuror esa ushbu ayblovlarni rad etib, ularni asossiz va siyosiy maqsadlarda qilingan deb atadi.

Uning fikricha, Donald Tramp bu orqali shaxsiy qasos olishga urinmoqda. Mazkur voqea AQSH siyosatida katta e’tibor bilan kuzatilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33