Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Tramp Isroil va Misrga rasmiy tashrif uyushtiradi

Dunyo
20
Tramp Isroil va Misrga rasmiy tashrif uyushtiradi
AQSH prezidenti Donald Tramp kelasi seshanba kuni Misrga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Axios nashri o‘z manbalariga tayanib, Tramp avval dushanba, 13 oktyabr kuni Isroilga yetib borishini xabar qilmoqda. U yerda Isroil parlamenti Knessetda nutq so‘zlab, garovda bo‘lgan isroilliklarning oilalari bilan uchrashadi.

Shu kuni kechqurun Tramp Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sissi bilan uchrashadi. Ushbu uchrashuvda G‘azo bo‘yicha tuzilgan kelishuvni uning kafolatchilari bo‘lgan Misr, Qatar va Turkiya yetakchilari bilan imzolashi mumkin.

Bundan tashqari, Tramp Sharm ash-Shayxda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro sammitda ishtirok etishi ehtimoldan xoli emas. Ushbu sammitda G‘azo vaziyati muhokama qilinadi.

Manbalarga ko‘ra, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Qatar, BAA, Iordaniya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Indoneziya davlat rahbarlari yoki tashqi ishlar vazirlari taklif qilingan. Ammo Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning sammitda qatnashishi kutilmayapti.

AQSH rasmiylari Trampning ushbu sammitda ishtirok etish niyatini tasdiqlagan. Sammit asosan seshanba kuni ertalab o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq manbalarga ko‘ra, u dushanba kuniga ham ko‘chirilishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026