Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Afg‘oniston va Pokiston chegarasida og‘ir to‘qnashuvlar boshlandi

Dunyo
18
Afg‘oniston va Pokiston chegarasida og‘ir to‘qnashuvlar boshlandi
11-oktyabr kuni kechqurun Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi bir nechta hududlarda og‘ir to‘qnashuvlar yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Afg‘oniston tomoni Pokiston chegara postiga o‘q uzgani haqida xabarlar bor. Shunga javoban Pokiston artilleriya zarbalarini amalga oshirdi.

Bu haqda UPL.uz sayti ma’lum qildi. 12-oktyabr tongida janglar biroz susaygan bo‘lsa-da, Kurram tumani atrofida alohida otishmalar davom etdi.

Pokiston rasmiylari Afg‘oniston hududidagi bir nechta harbiy nuqtalarga zarba berilganini va ayrim ustuvor pozitsiyalar yo‘q qilinganini bildirdi. Afg‘oniston tomoni esa Pokistonning bir nechta blok-postlarini egallab olganini ma’lum qildi.

Kabul ma’lumotlariga ko‘ra, Pokistonning 58 harbiysi halok bo‘lgan. Islamobod esa 23 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani va 200 dan ortiq “Texrik-i-Talibon Pokiston” guruh a’zolari yo‘q qilinganini bildirgan.

Hozircha bu raqamlar mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. Hodisadan oldin Afg‘oniston hukumati Pokistonni havo hujumlari uyushtirishda ayblagan, ammo Islamobod bu da’voni rad etib, hujumni TTP yetakchisi Nur Vali Mexsudga qaratilganini ma’lum qilgan.

12-oktyabr kuni xavfsizlik sababli Pokiston Torkham, Chaman, Xarlachi, Angur-Adda va Gulam-Xon chegara postlarini yopdi. Natijada ikki davlat o‘rtasidagi savdo va yo‘lovchi qatnovi vaqtincha to‘xtatildi.

Hozirda tomonlar o‘zaro ayblovlarni davom ettirmoqda. Islamobod TTP Afg‘oniston hududidan harakat qilmoqda, deb hisoblaydi, Kabul esa bu ayblovlarni rad etmoqda.

Xalqaro hamjamiyat esa ikki davlatni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga, deskalatsiya va muzokaralarga chaqirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29