ENRU

Tokio va Viktoriya sayyohlar orasida yetakchi shaharlar

Dunyo
24
Tokio va Viktoriya sayyohlar orasida yetakchi shaharlar
Dunyoning taniqli sayohat nashrlaridan biri bo‘lgan Condé Nast Traveler joriy yil uchun sayyohlar orasida eng sevimli shaharlar reytingini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

So‘rovnomada 757 mingdan ortiq sayyoh ishtirok etgan. Reyting har yili tuziladi va u ikki yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: yirik shaharlar hamda kichik sayyohlik manzillari.

Har ikki toifa go‘zallik, infratuzilma va sayyohlar uchun yaratilgan qulayliklar asosida baholanadi. Yirik shaharlar orasida Tokio birinchi o‘rinni egalladi.

Yaponiya poytaxti qadimiy me’moriy yodgorliklar, zamonaviy osmono‘par binolar, ibodatxonalar va dunyoga mashhur restoranlari bilan sayyohlarni jalb qilmoqda. Tokio ayni paytda dunyodagi eng mashhur gastronomik yo‘nalishlardan biri sifatida ham tanilgan.

Ikkinchi o‘rinda Yaponiyaning qadimiy shahri Kioto, uchinchi o‘rinda esa Janubiy Afrika Respublikasining sohil shahri Keyptaun joylashdi. Bundan tashqari, reyting kuchli o‘ntaligidan Singapur, Seul, Parij, Vankuver, Edinburg, Monreal va Kambodjaning Pnompen shaharlar ham joy oldi.

Kichik sayyohlik shaharlar ro‘yxatida Kanadaning g‘arbiy sohilida joylashgan Viktoriya shahri birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sayyohlar odatda Vankuverga tashrifdan so‘ng bir kunni Viktoriya shahrida tabiat qo‘ynida sayr qilish, spa-mehmonxonalarda dam olish yoki Svars-Bay qo‘rfazida paromda sayohat qilishga bag‘ishlaydi.

Ikkinchi o‘rinni Tinch okeani sohilidagi Meksikaning Puerto-Valyarta shahri egalladi, uchinchi o‘rinda esa Italiyadagi san’at va tarix markazi Florensiya joylashdi. Shuningdek, Shveysariyaning Lyutsern shahri, Meksikaning San-Migel-de-Alende, Ispaniyaning San-Sebastyan va Palma-de-Malyorka, Irlandiyaning Goluey, Maltaning Valetta hamda Avstraliyaning Hobart shaharlari sayyohlar orasida sevimli manzillar sifatida reytingda yuqori o‘rinlarni egalladi.

Mutaxassislarning fikricha, joriy yilgi reyting sayyohlarning dunyo bo‘ylab an’anaviy madaniyat, tinchlik va zamonaviylik uyg‘unligini izlashini ko‘rsatadi. Tokio va Viktoriya shaharlari esa aynan shu uyg‘unlikning yorqin namunasidir.

O‘xshash yangiliklar

Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Italiya hududida yadroviy tiyib turish bo‘yicha o‘zining har yilgi an’anaviy «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
DunyoBugun, 11:33
Tramp Ogayo mitingida uchinchi muddatni istashini bildirdi
Tramp Ogayo mitingida uchinchi muddatni istashini bildirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ogayo shtatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida, Oq uy rahbari lavozimida uchinchi muddatga ham qolishni istashini ma’lum qildi. Ushbu
DunyoBugun, 10:37