Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

12 yoshli o‘zbekistonlik bola Turkiyadan qaytarildi

Dunyo
45
12 yoshli o‘zbekistonlik bola Turkiyadan qaytarildi
Turkiyada yashovchi 12 yoshli o‘zbekistonlik bola onasi va o‘gay otasi bilan kelishmovchilik tufayli uyidan qochib ketdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Istanbuldagi mahalliy politsiya va O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi holatga aralashdi. Bola politsiyaga murojaat qilib, oilasida yuzaga kelgan qiyinchiliklar va bosim haqida ma’lumot bergan.

Onasi avval O‘zbekistonda turmush qurgan, keyin ajrashib, Turkiyaga ko‘chib kelgan va turk fuqarosi bilan imom nikoh asosida oila barpo etgan. Dastlab bola O‘zbekistonda buvisi qarovida bo‘lgan, ammo 2024 yil iyun oyida onasi uni Istanbulga olib kelgan.

Hujjatlar rasmiylashtirilmagani sabab bola mahalliy maktabga qabul qilinmagan va bir yildan ortiq vaqt davomida ta’lim ololmagan. Hodisa ma’lum bo‘lgach, politsiya bolaning xavfsizligini ta’minlab, uni Bosh konsulxonaga topshirgan.

Bolaga tibbiy ko‘rik o‘tkazilib, zarur yordam ko‘rsatildi. Konsulxona tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Hozirda u vatanda tegishli muassasalar yordami bilan ta’limini davom ettirmoqda. Ushbu voqea xorijda yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun ogohlik bo‘lib xizmat qiladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bolalarning ruhiy va ijtimoiy holatiga e’tibor berilmasligi ularning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ota-onalardan farzandlarining manfaatini har doim birinchi o‘ringa qo‘yishlari so‘raladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026