Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Erdo‘g‘an xorijdagi turklarni Turkiyada ishlatadi

Dunyo
26
Erdo‘g‘an xorijdagi turklarni Turkiyada ishlatadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an millati turk bo‘lgan xorijliklarni Turkiyada ishlashiga ruxsat beruvchi yangi farmonni imzoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu farmon 10 oktabr kuni rasmiy ravishda e’lon qilindi va xorijdagi turk diasporasi vakillari uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi. Yangi tartibga ko‘ra, millati turk bo‘lgan, ammo boshqa davlat fuqaroligiga ega shaxslar Turkiyada murakkab byurokratik jarayonlarsiz ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Ular davlat va xususiy sektorda tadbirkorlik yoki kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin. Biroq harbiy xizmat va xavfsizlik idoralarida ishlash ularga taqiqlanadi.

Farmonda shuningdek, bu shaxslar kasbiy uyushmalarda ro‘yxatdan o‘tishi shartligi ta’kidlangan, ammo ulardan Turkiya fuqaroligini olish talab qilinmaydi. Yangi qonun siyosiy huquqlar, jumladan saylovlarda ishtirok etish yoki nomzod bo‘lish imkoniyatini bermaydi.

Mutasaddilar fikricha, bu qaror turk ildizlariga ega mutaxassislarni Turkiya iqtisodiyotiga jalb etish va ma’naviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Ekspertlar esa farmon xorijdagi turk diasporasi uchun yangi imkoniyat yaratib, Turkiya mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmasligini qisman bartaraf etishiga xizmat qilishini ta’kidlashmoqda.

Shu tariqa, yangi tashabbus Turkiyaning global maydonda turk millatdoshlarga nisbatan ochiq siyosat yuritishini va ularni mamlakat rivojiga jalb etishga intilishini namoyon etadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026