Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+6°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

G‘azo sektorida yangi texnokratlar boshqaruvi tashkil etildi

Dunyo
26
G‘azo sektorida yangi texnokratlar boshqaruvi tashkil etildi
Urushdan so‘ng G‘azo sektorida boshqaruv tizimi tubdan yangilanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Times of Israel nashrining xabar berishicha, Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdul’attiy ma’lum qilganidek, mintaqaning ma’muriy ishlarini endilikda 15 nafar falastinlik texnokratlardan tashkil topgan maxsus guruh boshqaradi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, nomzodlar allaqachon tanlab olinib, Isroil tomonidan tekshiruvdan o‘tgan.

Ushbu guruh, “ma’muriy qo‘mita” deb ataladi va uning asosiy vazifasi G‘azo aholisi hayotini barqarorlashtirish, infratuzilmani tiklash hamda fuqarolik tizimini qayta yo‘lga qo‘yishdan iborat. Abdul’attiy ta’kidlaganidek, bu guruh aholi turmushini yaxshilashga qaratilgan ishlarni amalga oshiradi, “Tinchlik kengashi” esa xalqaro moliyaviy yordamlarni nazorat qiladi va boshqaradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qo‘mita falastinlik siyosiy fraksiyalar, jumladan HAMAS tomonidan ham ma’qullangan. Misr tomonining fikricha, bu kelishuv o‘tish davrida siyosiy ziddiyatlarni kamaytirish va aholi hayotini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

Abdul’attiy shuningdek, HAMAS Donald Trampning “tinchlik rejasi”ni qo‘llab-quvvatlayotganini, ammo o‘tish jarayonida siyosiy rol o‘ynamasligini ma’lum qildi. Isroil esa tinch aholi xavfsizligini ta’minlash va gumanitar yordamning to‘xtamasligini kafolatlash sharti bilan G‘azodan qo‘shinlarni bosqichma-bosqich chiqarishni boshlashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari G‘azo sektorini tiklash uchun “Tinchlik kengashi”ni tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edi. Uning rejasi bo‘yicha kengashga shaxsan Tramp rahbarlik qiladi va tiklanish jarayonlarini moliyaviy hamda tashkiliy jihatdan muvofiqlashtiradi.

2025 yil 10 oktabrda Isroil hukumati HAMAS bilan otishuvni to‘xtatish hamda garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi. Bu Tramp ma’muriyati taklif qilgan “tinchlik rejasi”ning birinchi bosqichi bo‘ldi.

Kelishuvga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azo hududining 53 foizini nazorat qilgan holda yangi pozitsiyalarga chekindi. 13 oktabrda esa garovdagi oxirgi 20 nafar falastinlik ozod qilindi.

Texnokratlar siyosatdan ko‘ra amaliyotni ustun qo‘yuvchi mutaxassislar bo‘lib, ularning asosiy vazifasi siyosiy qarama-qarshiliklarsiz, bilim va tajriba asosida boshqaruv samaradorligini oshirishdir. Yangi tuzilma aynan shunday mutaxassislarga tayangan holda G‘azoning tinch va barqaror kelajagini ta’minlashga intilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026