Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Rajastanda avtobus yong‘inida 20 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
51
Rajastanda avtobus yong‘inida 20 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Rajastan shtatida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Djaysalmer–Djodxpur yo‘lida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi to‘satdan yonib ketdi. NDTV telekanalining xabariga ko‘ra, ushbu hodisa natijasida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 10 dan ortiq yo‘lovchilar jarohatlandi.

Avtobusda jami 57 yo‘lovchi bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avval transport orqasidan tutun chiqqanini ko‘rishgan.

Haydovchi vaziyatni aniqlash maqsadida yo‘l chetida to‘xtagan, biroq bir necha daqiqa ichida butun avtobus olovga tutingan. Yong‘inning tez tarqalishi sababli ko‘pchilik yo‘lovchilar avtobusdan chiqishga ulgurmagan.

Qutqaruvchilar va yong‘in o‘chiruvchilar hodisa joyiga yetib kelganda, avtobus deyarli to‘liq yonib ketgan edi. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib ketildi.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, ba’zilari og‘ir ahvolda bo‘lib, ko‘pchilik qattiq kuyish jarohatlari olgan. Hozirda halok bo‘lganlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in ehtimol qisqa tutashuv natijasida yuzaga kelgan. Politsiya va mutaxassislar hodisaning aniq sababini aniqlash uchun tergov ishlarini boshladi.

Rajastan hukumati halok bo‘lganlar oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishni va’da qildi. Hindiston ommaviy axborot vositalari ushbu hodisani mamlakatda so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan eng og‘ir transport falokatlaridan biri deb baholamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026