Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

SpaceX Starship raketasi sinov parvozini yakunladi

Dunyo
29
SpaceX Starship raketasi sinov parvozini yakunladi
SpaceX kompaniyasi Oy va Mars missiyalari bo‘yicha sinov parvozlarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

13-oktyabr kuni kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Starship raketasining 11-sinov parvozi muvaffaqiyatli yakunlangani haqida ma’lumot berdi. Ushbu raketa prototipi Texas shtatidagi Starbase uchirish maydonidan mahalliy vaqt bilan 18:24 da havoga ko‘tarilgan.

Parvoz davomida Starship kosmosga chiqib, uning kuchaytirgichi Super Heavy taxminan 10 daqiqa o‘tib Meksika ko‘rfaziga qaytgan. Shuningdek, parvoz davomida Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining maketlari ham orbitaga chiqarilgan.

Bu sinov parvozi Oy va Marsga yo‘naltirilgan missiyalar uchun qo‘shimcha funksiyalarni sinovdan o‘tkazish maqsadida o‘tkazilgan oxirgi testlardan biri bo‘ldi. Starship raketasi Super Heavy bilan birgalikda 123 metr balandlikka ega bo‘lib, hozirgi kunda eng katta va eng kuchli kosmik raketa hisoblanadi.

SpaceX ushbu raketani qayta ishlatishga yaroqli qilib ishlab chiqishga intilmoqda, bu esa kosmik parvozlar xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Ilon Maskning rejalari bo‘yicha Starship raketasi 2026-yilda Marsga parvoz qilishi va NASAning Oyg‘a qaratilgan boshqariladigan missiyalarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Starship sinovlari 2023-yildan buyon davom etmoqda va yaqin kelajakda yangi bosqichlarga o‘tishi rejalashtirilgan.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026