ENRU

Germaniyada suv ustida quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi

Dunyo
22
Germaniyada suv ustida quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi
Germaniyada dunyodagi birinchi vertikal suv ustidagi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha SINN Power kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, Bavariyadagi Shtarnberg tumanidagi Yayis karerida joylashgan. Stansiya suv havzasining besh foizidan kam maydonini egallaydi va yuzlab xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatiga ega.

Stansiyaning umumiy quvvati 1870 kilovatt bo‘lib, yiliga taxminan ikki million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Quyosh panellari Skipp-Float nomli patentlangan texnologiya yordamida suv sathidan 1,6 metr chuqurlikda vertikal holatda o‘rnatilgan.

Bu usul ayniqsa ertalab va kechqurun soatlarda energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Panellar orasida kamida to‘rt metr suv koridorlari qoldirilgan bo‘lib, bu havo aylanishi, yorug‘likning to‘g‘ri tarqalishi va ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.

Elektr energiyasi suv ostidagi kabel va sohadagi ulanadigan nuqta orqali tarmoqqa uzatiladi. Eng asosiysi, bu loyiha tabiatga hech qanday zarar yetkazmaydi va atrof-muhitni muhofaza qilishga katta hissa qo‘shadi.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32