Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 4 м/с, В
ENRU

Instagram o‘smirlar uchun yangi xavfsizlik cheklovlarini joriy qildi

Dunyo
21
Instagram o‘smirlar uchun yangi xavfsizlik cheklovlarini joriy qildi
Instagram ijtimoiy tarmog‘i o‘smirlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi cheklovlarni joriy qilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun kontent PG-13 reytingiga muvofiq filtrlanadi. Bu degani, ular zo‘ravonlik, noo‘rin sahnalar yoki giyohvand moddalar bilan bog‘liq materiallarni ko‘ra olmaydi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu sozlamalarni faqat ota-ona yoki vasiyning ruxsati bilan o‘zgartirish mumkin. Foydalanuvchi o‘zi mustaqil ravishda bu cheklovlarni bekor qila olmaydi.

Shuningdek, Instagram “Cheklangan kontent” nomli yanada qat’iy filtrni ham ishga tushirmoqda. Bu filtr o‘smirlarga muayyan turdagi postlarni ko‘rish va ularga izoh qoldirishni taqiqlaydi.

Kompaniya 2026 yildan boshlab ushbu filtrni sun’iy intellekt chatlariga ham qo‘llashni rejalashtirmoqda. Ya’ni yosh foydalanuvchi AI bilan muloqot qilganda ham yoshga mos bo‘lmagan kontentga duch kelmaydi.

Bundan tashqari, Instagram o‘smirlarni yoshiga mos bo‘lmagan kontent joylashtiradigan akkauntlardan himoya qiladi. Agar 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchi bunday akkauntga obuna bo‘lsa, u bu akkauntning postlarini ko‘rolmaydi, ular bilan muloqot qila olmaydi va ushbu sahifalar tavsiyalar ro‘yxatidan chiqariladi.

Hozircha bu yangilanishlar AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanadada joriy etildi. Kompaniya kelasi yilda ushbu funksiyalarni butun dunyo bo‘ylab tatbiq etishni rejalashtirmoqda.

Bu chora-tadbirlar o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026