Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+22°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

Ahmad ash-Shar’a Moskvaga ilk rasmiy tashrif bilan keldi

Dunyo
49
Ahmad ash-Shar’a Moskvaga ilk rasmiy tashrif bilan keldi
Suriyadagi siyosiy o‘zgarishlar fonida mamlakatning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a ilk bor rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kremlda uni Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan kutib oldi, deb xabar berdi TASS agentligi. Uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy hamkorlik va do‘stlik munosabatlariga bag‘ishlandi.

Putin so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Suriya o‘rtasidagi aloqalar uzoq yillik ishonch va xalqlar o‘rtasidagi mustahkam rishtalarga asoslangan. Prezident ikki davlat o‘rtasida do‘stona munosabatlar shakllanganini ta’kidladi va Rossiyaning har doim Suriya xalqining manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilganini bildirdi.

Kreml rahbari shuningdek, ikki xalq o‘rtasida nafaqat siyosiy, balki insonparvarlik rishtalari ham mavjudligini qayd etdi. U yuzlab, minglab odamlar orasida nikoh va do‘stlik aloqalari borligini ta’kidladi.

Putin Suriyadagi so‘nggi parlament saylovlarini ham muhokama qilib, bu jarayon mamlakatdagi siyosiy kuchlarni birlashtirishga xizmat qilishini aytdi. Uchrashuvda saylov natijalari jamiyatni birlashtirish va siyosiy barqarorlikka erishish uchun muhim qadam ekanligi ta’kidlandi.

Ahmad ash-Shar’a esa Rossiyani “yangi Suriyani tiklashda asosiy hamkor” deb atadi. U Moskvaning Suriyani qayta qurish va tinchlikni mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’kidladi.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Suriya prezidenti Moskvadagi muzokaralarda Rossiyada panoh topgan sobiq prezident Bashar Asadning taqdiri haqida ham so‘z ochgan. Manbalarga ko‘ra, Shar’a Asadni suriyaliklarga qarshi jinoyatlar uchun sudga topshirish masalasini ko‘targan.

Shu bilan birga, u Tartusdagi Rossiya harbiy-dengiz bazasi va Xmeymim aviabazasining faoliyatini davom ettirish bo‘yicha ham muzokaralar olib bormoqda. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ta’kidlaganidek, muzokaralarda Rossiyaning Suriyadagi harbiy ishtiroki va harbiy obyektlarning kelgusi maqomi masalalari muhokama qilindi. Ma’lumot uchun, uzoq yillar davomida Suriyani boshqargan Bashar Asad rejimi 2024 yil 8 dekabrda qurollangan muxolifatning Damashqqa kirishi bilan qulagan edi.

Asad va uning oilasi Rossiyaga qochib, Moskva ularga insonparvarlik asosida boshpana berganini ma’lum qilgan. Ahmad ash-Shar’a va Vladimir Putinning bu uchrashuvi Rossiya va Suriya munosabatlarining yangi bosqichini boshlab berishi kutilmoqda.

Ekspertlar fikricha, Moskva Suriyaning yangi siyosiy tuzilishida ham hal qiluvchi o‘rinni saqlab qolishni maqsad qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026