ENRU

Amadea yaxtasi AQSHda yangi egasiga sotildi

Dunyo
37
Amadea yaxtasi AQSHda yangi egasiga sotildi
Rossiyalik milliarder va senator Sulaymon Karimovga tegishli bo‘lgan mashhur Amadea superyaxtasi yangi egasiga sotildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Business Insider nashri ma’lum qildi. AQSH Adliya vazirligi 106 metr uzunlikdagi lyuks kemani 10 sentyabr kuni noma’lum xaridorga sotish orqali kimoshdi jarayonini yakunladi.

Auksion Floridadagi National Maritime Services kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Rasmiy manbalar bitim qiymatini oshkor etmagan, ammo yaxtaning dastlabki bahosi 300 million dollar atrofida bo‘lgan, keyinchalik esa mustaqil baholash natijasida 230 million dollarga tushirilgan.

AQSH rasmiylari kemani tezroq sotishni maqsad qilgan, chunki uning saqlanishi har oy soliq to‘lovchilarga taxminan 1 million dollar xarajat keltirar edi. Bu mablag‘ ekipaj maoshi, yoqilg‘i va sug‘urta xarajatlariga sarflanardi.

Amadea oddiy kema emas, balki haqiqiy suzuvchi saroy hisoblanadi. U Germaniyaning Lürssen kemasozlik zavodi tomonidan qurilgan bo‘lib, lotin tilidan tarjimada “Xudoning sevgisi” degan ma’noni anglatadi.

Yaxta olti qavatdan iborat bo‘lib, uning ichki qismi marmar, nodir yog‘och va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Unda sakkizta lyuks kabina, vertolyot maydoni, basseyn, fitnes zali, kurort, konferens-zal, vino yerto‘lasi hamda omar akvariumi mavjud.

Yaxtaning markaziy elementi — qo‘lda bo‘yalgan Pleyel royali bo‘lib, uning barcha qismlari 24 karatlik oltin bilan qoplangan. Bu detal Amadeani dunyodagi eng boy bezatilgan xususiy kemalardan biriga aylantiradi.

Biroq yaxtaga egalik qilish katta xavf va huquqiy muammolarni ham o‘z ichiga oladi. Chunki uning huquqiy maqomi bahsli bo‘lib, ayrim da’vogarlar o‘z talablaridan voz kechmagan.

Amadea 2022-yil bahorida AQSH talabiga binoan Fiji orollarida musodara qilingan va keyinchalik San-Diyego portiga olib kelingan. Karimov kemaga egalik qilishni rad etgan bo‘lsa-da, AQSH prokuraturasi sudga ekipaj ko‘rsatmalari hamda milliarderning Amadea bortidagi birinchi sayohatchisi ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan.

Shuningdek, yaxtaning ichki dizayni Karimovlar oilasining shaxsiy iltimosi bilan qayta bezatilgan, unda pissa tannuri va dam olish xonalari o‘rnatilgan. Ekipaj a’zolaridan biriga Karimovning sevimli Nike krossovkalaridan bir juftni saqlash vazifasi yuklangan.

Sulaymon Karimov 2018-yilda AQSH tomonidan Rossiyaning zararli faoliyatini ilgari surishda muhim rol o‘ynagan shaxs sifatida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2021-yilda yaxtani ishonchli shaxslar orqali sotib olishga rozilik bildirgan.

Keyinchalik Amadea Millemarin Investments Ltd. kompaniyasi mulki sifatida ro‘yxatga olingan.

Ushbu jarayonda Errigan Marine firmasi va Imperial Yachts kompaniyasi bosh direktori Yevgeniy Kochman ham ishtirok etgan. AQSH Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil oktyabridan musodara qilinmaguncha Karimov va uning oila a’zolari yaxtada bir necha marotaba sayohat qilgan hamda uni modernizatsiya qilish va uzoq safarlar uchun qayta jihozlash rejalarini ishlab chiqqan.

U kemani saqlash va ta’mirlash uchun ikki million dollar sarflagan. Qiziqarli jihati shundaki, yaxta musodara qilingach, “Rosneft” sobiq rahbari Eduard Xudaynatov uning haqiqiy egasi ekanini da’vo qilgan, ammo AQSH prokuraturasi uni Karimovning mulkni yashirish uchun qo‘yilgan qo‘g‘irchoq shaxsi deb hisoblagan.

Nihoyat, 2025-yil iyul oyida Nyu-York federal sudi Amadeani auksionga qo‘yishga ruxsat berdi. Shu tariqa, dunyodagi eng qimmatbaho xususiy yaxtalardan biri yangi egasiga o‘tdi.

Biroq uning haqiqiy qiymati va kelgusidagi taqdiri hanuzgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13